1960-yillarda şaxsan Özbekiston rahbari Şarof Raşidov sobiq ittifoq rahbari Leonid Brejnevni Toşkentda metro qurişga köndirgan va jadal quriliş işlaridan keyin 1977 yilda Çilonzor yönalişining birinçi stansiyalari oçilgan.
Toşkent metrosining birinçi liniyasi – Çilonzor yönalişi 1977 yil 6 noyabrda öz faoliyatini boşlagan. Dastlab yönaliş uzunligi 12,2 kmni taşkil qilgan va unda 9 stansiya bölgan. 1980 yil 18 avgustda uşbu yönalişning yana 3 ta yangi stansiyasi işga tuşirilib, yönalişning umumiy uzunligi 16,8 kmgaça uzaytirilgan.
Poytaxt metrosi kengayişda davom etib, 1984 yilda uning ikkinçi – “Özbekiston” yönalişi, 2001 yilda esa uçinçi – Yunusobod yönalişi oçilgan. Hozirda Yunusobod yönalişida quriliş işlari davom ettirilmoqda.
Bugungi kunda metroning umumiy uzunligi 36,2 kmni, stansiyalari soni 29 tani taşkil qiladi. Yunusobod yönalişida yana ikkita yangi stansiyani quriş işlari olib borilmoqda. Şuningdek, Sergeli tumanida yer usti metrosi qurilişi işlari jadal olib borilmoqda, u 6 ta stansiyadan iborat böladi. Sergeli yönalişini Navröz bayramiga foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.
Toşkent metrosi qurilişi boşlanganda, uni yadro uruşi holatida panohgoh sifatida qöllaş ham rejalaştirilgandi. Metro strategik muhim obekt hisoblangani sababli, unda foto va videotasvir olib boriş taqiqlangan edi. Biroq 2018 yil yozida Toşkent metrosi sayyohlarni jalb qilişi hisobga olinib, Özbekiston hukumati metrodan harbiy obekt maqomini olib taşlagan hamda unda foto va videotasvirga 41 yil amal qilgan taqiqni bekor qilgan.
Ta'kidlanişiça, sobiq ittifoq vaqtida aholisi soni million kişidan oşgan şaharga metro quriş huquqi berilgan. Sobiq ittifoqda qurilgan metrolardan farqli ravişda, Toşkentda çuqur bölmagan quriş tizimi qöllangan. Toşkent metrosi mintaqaning yuqori seysmikligi hisobga olingan holda qurilgan. Ta'kidlanişiça, poytaxt metrosi konstruksiyalari MSK-64 şkalasi böyiça 9 ballik zilzilalarga bardoş bera oladi.
Yaqinda “Özbekiston temir yöllari” AJ Toşkent metrosini 2025 yilgaça rivojlantiriş loyihasini taqdim qildi. Unga köra, 2025 yilda metro uzunligi 4 martaga ortib, 157 kmni taşkil qiladi. Unda 74 ta yangi stansiya paydo böladi.












