Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengaşiga apellyatsiyalar va Özbekiston Respublikasida hammaga ma'lum tovar belgilari deb e'tirof etiş töğrisidagi arizalarni beriş va ularni körib çiqiş qoidalari tasdiqlandi.
 
Eslatib ötamiz, Adliya vazirligining Apellyatsiya kengaşi intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi bilan boğliq apellyatsiyalarni körib çiqiş uçun taşkil etilgan (1.07.2019 yildagi PQ-4380-son qaror). Adliya vazirligining Apellyatsiya kengaşi töğrisida nizom Vazirlar Mahkamasining 9.10.2019 yildagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan.
 
Norma’ning yozişiça, manfaatdor şaxslar apellyatsiya va arizalar beriş bilan boğliq harakatlarni şaxsan özlari yoki vakillari, şu jumladan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida röyxatdan ötkazilgan patent vakillari orqali amalga oşirişlari mumkin. Özbekistondan taşqarida doimiy istiqomat qiladigan jismoniy şaxslar va çet el yuridik şaxslari yoki ularning vakillari xalqaro şartnomalar doirasida harakat qilişlari mumkin. Vakilning (patent vakilining) vakolatlari vakolatlarning hajmi körsatilgan işonçnoma bilan tasdiqlanadi.
 
Apellyatsiya yoki ariza ixtiyoriy şaklda tuziladi. Bunda Kengaşga körib çiqiş uçun kiritiladigan masalaga boğliq holda ularda bölişi lozim bölgan ma'lumotlarning töliq hajmi keltirilgan. Apellyatsiya intellektual mulk obektiga bitta buyurtmaga, ariza esa – bitta tovar belgisiga oid bölişi lozim. Apellyatsiya materiallari 2 nusxada topşiriladi.
 
Apellyatsiyalar “Ixtirolar, foydali modellar  va sanoat namunalari töğrisida”, “Tovar belgilari, xizmat körsatiş belgilari va tovar kelib çiqqan joy nomlari töğrisida”, “Seleksiya yutuqlari töğrisida”, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qiliş töğrisida”gi qonunlarida belgilangan muddatlarda beriladi.
 
Apellyatsiya yoki arizaga patent boji tölanganligini tasdiqlovçi hujjat ilova qilinadi. Aks holda, apellyatsiya yoki arizani körib çiqiş böyiça yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oşirilmaydi.
 
Apellyatsiya yoki ariza özbek yoki rus tilida topşiriladi. Barça qöşimça materiallar, şu jumladan texnik hujjatlar özbek yoki rus tilida 2 nusxada topşiriladi. Agar qöşimça materiallar boşqa tilda topşirilgan bölsa, ariza bergan şaxs 3 oy muddat içida uşbu materiallarning özbek yoki rus tiliga tarjimasini taqdim etişi lozim. Aks holda bunday materiallar apellyatsiya yoki arizani körib çiqişda e'tiborga olinmaydi.