Iqtisodiyot | 16:12 / 08.11.2019
31837
1 daqiqa o‘qiladi

Epsilon: gaz tashuvchi avtomobillarning 20 tasi yetib keldi

Kompaniya kuz-qish mavsumida aholini tabiiy gaz bilan bir maromda ta'minlash borasidagi Hukumat topshirig‘ini bajarishda ishtirok etib kelmoqda.

Mamlakat aholisini tabiiy gaz va neft mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida ularni qazib olish hajmi ko‘paytirilib, yo‘nalishdagi infratuzilma rivojlantirilmoqda. Suyultirilgan gazni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ayniqsa, chekka hududlardagi aholi uylariga yetkazib berish maqsadida 200 maxsus avtomobillar xarid qilinishi nazarda tutilgan. Hozirda ularning 20 tadan iborat birinchi qismi O‘zbekistonga yetib keldi. Buyurtmalar qabul qilgani kunu-tun faoliyat ko‘rsatadigan dispetcherlik xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shuningdek, maishiy ehtiyojlari uchun yoqilg‘i sotib olishda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kompaniya tomonidan maxsus dastur ishlab chiqilmoqda.

Kompaniya ishlar to‘g‘risida ma'lumot berishda davom etadi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid