Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga köra, DXXning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarmasi, Bojxona va Içki işlar organlari xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kompleks tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir natijasida qöşni davlatdan olib kelingan katta miqdordagi giyohvandlik vositasi Toşkent şahrida musodara qilingan.
Xususan, Surxondaryo viloyati Denov şahrida yaşovçi, 1988-yilda tuğilgan va muqaddam giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan şaxs Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida 1 kilogramm 185 gramm gaşiş moddasini şartli xaridorga 26 ming AQŞ dollariga sotişga kelişgan.
U kelişilgan mablağning 21 ming dollarini olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, giyohvandlik vositasini u bilan birga Surxondaryodan Toşkentga olib kelgan Cobalt avtomobili haydovçisi ham mehmonxona yonida qölga olingan. Denov şahrida yaşovçi, 1987-yilda tuğilgan mazkur şaxs muqaddam öğrilik bilan boğliq jinoyat uçun sudlangani qayd etilgan.
Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















