Özbekiston Respublikasining şaxs guvohnomasi (ID-karta)ni beriş jarayoni eksterritorial tartibda yölga qöyilgan.
«Respublikaning istalgan tumanidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimidan ID-kartani oliş imkoniyati bor», – dedi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi boşqarma boşliği Fazliddin Usmonov 12 yanvar kungi matbuot anjumanida.
ID-karta oliş uçun fuqarolar pasport yoki u yöqolgan yoxud zarar yetgan bölsa, uning örnini bosuvçi hujjatni taqdim etişi lozim.
Guvohnomani oliş uçun my.gov.uz portali orqali onlayn ariza beriş ham mumkin. U zarur hujjatlar qabul qilib olingan va tölov qilinganidan söng, 1 iş kuni mobaynida rasmiylaştirib beriladi.
Ayni paytda tölov miqdori BHMning 89 foizi (198 470 söm)ni taşkil etadi. BHM miqdori 1 fevraldan ön foizga kötariladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi, 10 yil muddatga beriladigan biometrik pasporti 2031 yildan boşlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
4 yanvardan 12 yanvargaça 16 471 nafar fuqaroga ID-karta rasmiylaştirilgan.






