Idora xabariga köra, poytaxtdagi «pasport stollar» duşanbadan şanbagaça, soat 9:00 dan 18:00 ga qadar faoliyat olib boradi. Tuşlik vaqti – 13:00dan 14:00gaça.
«Qabul sanitariya-epidemiologiya me'yorlariga qat'iy amal qilingan holda olib boriladi. Fuqarolardan tibbiy niqob taqişni va ijtimoiy masofani saqlaşni sörab qolamiz», – deya qayd etilgan bildirişda.
Eslatib ötamiz, keça, 2 may kuni Toşkentda koronavirusga çalingan birorta ham yangi bemor aniqlanmagan edi.
30 apreldan boşlab soat 07:00dan 10:00gaça va 17:00dan 20:00gaça bölgan vaqt oraliğida fuqarolarga şaxsiy avtotransportidan foydalanişga ruxsat berilgan. Keyinroq ma'lum bölişiça, taksiçilarning yölovçi taşişi hozirça man etilgan.









