Parlament quyi palatasining 2019 yil 12 noyabrda ötkazilgan navbatdagi majlisida «Oilaviy tadbirkorlik töğrisida»gi Özbekiston Respublikasining Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda moddama-modda muhokama qilindi.

Uşbu qonun loyihasi joriy yilning 24 oktabr kuni Qonunçilik palatasining yalpi majlisida birinçi öqişda konseptual jihatdan qabul qilingan. Ötgan vaqt mobaynida mas'ul qömita hamda işçi guruh tomonidan loyihaning qoida va normalari takomillaştirildi. Norma ijodkorligi talablaridan kelib çiqib, havolaki normalar çiqarilib, töğridan-töğri işlaydigan moddalar kiritildi.

Qonun loyihasiga kiritilgan muhim yangiliklardan biri — endilikda oilaviy tadbirkorlar tomonidan noturar-joy bino-inşootlaridan foydalanilganda körsatilgan kommunal xizmatlarga tölovlar aholi uçun belgilangan tariflar böyiça va şartlar asosida amalga oşirilişi nazarda tutilgan.

Deputatlar ta'kidlaganidek, mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi hududlarda oilaviy tadbirkorlarning köpayişi, milliy hunarmandçilikni yanada rivojlantiriş hamda aholi bandligini ta'minlaşda muhim huquqiy asos böladi.

Qonun loyihasi ikkinçi öqişda qabul qilindi.