Qabristonni tozalaş, u yerga ziyorat maqsadida kelganlarga kömaklaşiş işlari bilan band. Turmuş örtoği Gulxumor opa nogironligi sabab işsiz, kamiga töşakka mixlangan holda yotadi. Oilaning yakkayu yagona farzandi bor, uning ham nogiron. Sodiqjon akaning tönğiç farzandi Sadriddin ulğayib, rözğorga qaraşay, uç-tört söm orttirib uy-joy qilay degan niyatlar bilan Rossiya Federatsiyasiga işlagani ketgan edi. U yerdan tuzalmas dard – saraton orttirib qaytdi va uni saqlab qolişga harçand urinişmasin, vafot etdi.

Şu yilning yanvar oyida tumandagi obodonlaştiriş işlari asnosida qabriston va uning atrofidagi qurilmalar qatori Sodiqjon akaning uy ham buzib taşlangan.

«Uyni buzişayotganda uyning içida yotgandim. Nogiron bölganim sabab qimirlay olmasdim. Uysiz qolgaç, bizni «Nuroniy» jamğarmasiga qaraşli maskanga olib kelib joylab qöyişdi», dedi Gulxumor opa.
«Bolam qiynaldi. Qölimiz kaltalik qilib, unga yordam bera olmadik. Yaxşilab davolatganimizda balki, yaşab ketgan bölarmidi, bilmadim. Hokimlik ham moddiy yordam qilib turdi. Lekin u heç narsaga yaramadi. Bolam qöllarimda, yonimda omonatini topşirdi. Bolam çimildiq körmay, dunyoda deyarli heç narsa körmay ötdi», deya ökindi mehribon ona.
Sodiqjon akaga köra, bu yerdan ularga bir xona joy ajratişgan. Zuhriddin ismli öğillari bilan birga uç bir jon şu yerda yaşab kelişmoqda. Dam oliş kunlari bu yerga tumandagi keksa yoşdagi fuqarolar kelib hordiq çiqarişadi. Ularning ayrimlari bu yerda spirtli içimliklarni ham iste'mol qilişar ekan.

Izoh oliş maqsadida tuman hokimligiga borganimizda, tuman hokimi Xolmirza Niyozov bu masala bilan şaxsan şuğullanişi va yangi uy oliş masalasida hokimlik ham yordamini ayamasligini bildirdi. «Nuroniy» jamğarmasi vakili esa u yerdagi tartibni özi nazoratga olişga va'da berdi.
Sodiqjon aka öşa vaqtda bir oylik jamoat işlariga jalb qilingan. Lekin hozir bizga ma'lum qilişiça, özi ham, voyaga yetgan nogironligi bölgan farzandi ham işsiz. Gulxumor opa esa bir joyda yotadi va davolanişga muhtoj. Oila juda muşkul ahvolda.









