Hukumat qarori bilan Abdugappor Karimjonoviç Kirgizbayev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantiriş departamentining mudiri etib tayinlandi.
Departament prezidentning 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son farmoniga asosan taşkil etilgan. Davlat tilini rivojlantiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan monitoringni amalga oşiriş, uşbu sohada jamoatçilik nazoratining samarali şakllarini joriy etiş Departament asosiy vazifalaridan sanaladi.
Ma'lumot uçun: Abdugappor Kirgizbayev 1962 yilda Namangan viloyatida tuğilgan. 1985 yil Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - tarix va jamiyat öqituvçisi. Tarix fanlari doktori, dotsent. U Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi sifatida işlab kelayotgandi.










