12 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezidentning «Advokatura instituti samaradorligini tubdan oşiriş va advokatlarning mustaqilligini kengaytiriş çora-tabdirlari töğrisida»gi farmoni ijrosi böyiça matbuot anjumani ötkazildi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, anjumanda Advokatlar palatasining avtonomligi, ya'ni mustaqilligi, şuningdek, ötgan oy Özbekistonga kelgan BMT Inson huquqlari kengaşining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari böyiça maxsus ma'ruzaçisi Diyego Garsiya-Sayan tomonidan berilgan tavsiyalar böyiça qilingan işlar yuzasidan mutasaddilarga savol bilan murojaat qilindi.

«Adliya vazirligi advokatura sohasida vakolatlaridan bosqiçma-bosqiç voz keçmoqda. Misol uçun, litsenziyani tugatiş masalasi sudlarga berildi. Advokat böliş uçun imtihon oladigan malaka komissiyasida adliya vakillari bir nafar qilib belgilangan. Hududlarda 7 nafar, Oliy malaka komissiyasida 9 nafar vakil bölsa, buning uçdan ikki qismi advokatlardir. Şu jumladan, BMT maxsus ma'ruzaçisi kelganida ham buni alohida ta'kidlab ötdi. Advokatura sohasidagi ikkita qonun birlaştirilişi rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, amaldagi qonunlarga binoan Advokatlar palatasi raisini saylaşda Adliya vazirligi tomonidan taqdimnoma kiritiladi. Bu taqdimnoma baribir ham hududdan kelgan delegatlar, ya'ni boşqaruv a'zolari orasidan konferensiyaning özi tomonidan saylanadi. Lekin vazirlik vakolatni advokatlarning özida qoldirmoqda», deydi Adliya vazirligi boşqarma boşliği örinbosari Eldor Mahkamov
Advokatlar palatasini saylaş masalasida Advokatlar palatasi raisining birinçi örinbosari Şuhrat Sodiqov ham fikr bildirdi.

«Biz ham bu masalaga kengroq yondaşmoqçimiz. Hududlardagi advokatlar palatasi boşliqlari rais tomonidan tayinlanadi. Uni töğridan töğri advokatlar tomonidan saylanişini, xorijiy tajribani implementatsiya qiliş masalasini körib çiqyapmiz. Yangi qonun loyihasida faol qatnaşiş rejasidamiz», – deydi Sodiqov.
«Bu ortdan piçoq uriş» – Advokatlar palatasi rasmiysi yangi soliq tartibi haqida






