Maşina işlab çiqaruvçilari uni dunyodagi eng kuçli seriyali avtomobil deb e'tirof etişmoqda.

Kompaniya muhandislari maşinani yaratiş ustida 7 yilga yaqin iş olib borişgan. Oğirligi 1460 kgni taşkil qiluvçi avtomobil asosida kompozit materiallardan işlangan kuzov panellari va quvursimon karkas yotadi. 

Aspark Owl giperkari 100 km/soat tezlikka 1,9 soniyada erişa oladi. Taqqoslaş uçun, Bugatti Chiron joyidan 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erişadi. Owl’ning maksimal tezligi 400 km/soatga yaqinni taşkil qiladi. 

Giperkar buyurtma asosida işlab çiqarilib, narxi 2,9 mln yevroni taşkil qiladi. Modelni yiğiş bilan Turindagi Manifattura Automobili Torino italyan kompaniyasi şuğullanadi. Avtomobillar 2020 yil boşidan buyurtmaçilarga yetkazila boşlanadi. Hammasi bölib giperkardan 50 dona işlab çiqariladi, ulardan 15 tasi  oldindan sotib bölingan.