Limonçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari qabul qilinadi. Prezidentning tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligi tarkibida qöşimça 4 ta ştat birligidan iborat “Limonçilikni rivojlantiriş bölimi”ni taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.
2020 yil 1 yanvardan boşlab agroklaster va kooperatsiyalarga birlaşgan limon yetiştiruvçi fermer va dehqon xöjaliklari, qişloq xöjaligi korxonalariga:
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligi qoşidagi Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan yangidan barpo etilgan limonzorlarda ekilgan köçatlarni xarid qiliş bilan boğliq bölgan xarajatlarning har bir gektar uçun 30 million sömdan oşmaydigan miqdorda;
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rağbatlantiriş agentligi limon mevalarining eksporti bilan boğliq transport xarajatlarini (avtomobil, temir yöl, aviatsiya transporti) 25 foizgaça miqdorida subsidiya hisobiga qoplab beriş tartibi örnatiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş agentligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, “Respublika limon yetiştiruvçilar va eksport qiluvçilar” uyuşmasi, “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki bilan birgalikda:
2020 yil 1 martga qadar xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlaridan jalb etilgan kreditlar hisobidan 2020-2021 yillarda meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan 55 ta tumanlarda agroklaster va kooperatsiyalarga birlaşgan fermer va dehqon xöjaliklari yer maydonlarida limon yetiştiriş uçun kamida 20 gektar maydonda issiqxonalar quriş uçun loyiha taşabbuskorlarini aniqlaş;
Agroklasterlar va kooperatsiyalar negizida taşkil etilgan yangi limonzorlarni qonunçilikda belgilangan tartibda aholiga uzoq muddatli ijara asosida 1 gektardan 5 gektargaça yer maydoni ajratişni ta'minlaydilar.








