Taqdimotda taʼkidlanişiça, intensiv usuldagi baliqçilikni kengaytirib, yiliga 1 million tonna baliq yetiştiriş vazifasi qöyilgan. Taqdimotda bu maqsadga erişiş uçun meliorativ tik quduqlar imkoniyatidan foydalaniş rejalari Baliqçi tumani misolida körib çiqildi.
Tumandagi 24 ta quduq atrofida çavoq va ozuqa taʼminotidan tortib, baliq yetiştiriş, qayta işlaş, saqlaş va sotişgaça bölgan jarayonlarni qamrab oluvçi intensiv baliqçilik majmualarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Har bir 50 sotixlik loyihada yiliga kamida 30 tonna forel baliğini yetiştiriş va 10 ta iş örni yaratiş közda tutilmoqda.
Loyihalarni yagona tizimda boşqariş uçun baliqçilik xoldingini taşkil etiş taklif qilindi.
Baliqçi tajribasini boşqa hududlarga tatbiq etiş maqsadida 2027-yil 1-martga qadar respublikadagi 4 mingdan ziyod meliorativ tik quduqni xatlovdan ötkaziş topşirildi. Baliq yetiştirişga yaroqli quduqlarni ilğor tadbirkorlarga davlat-xususiy şeriklik asosida boşqaruvga beriş nazarda tutilmoqda. Şuningdek, Xonobodda sovuq suv baliqlarini yetiştiriş va qayta işlaş, Uluğnorda esa suv havzalari negizida baliqçilik loyihalarini amalga oşiriş rejalari haqida axborot berildi.
Taqdimotning ikkinçi qismi Baliqçi tumani misolida limonçilikni rivojlantirişga bağişlandi. Tumandagi töqqizta mahalla atrofidagi 100 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurib, ularni tayyor holda tadbirkorlarga taklif etiş rejalaştirilmoqda. Limon yetiştiriş, saralaş, qayta işlaş, qadoqlaş, saqlaş va sotiş işlari yagona kooperatsiya zanjiriga birlaştiriladi.
Loyihaga işsiz va kambağal oilalarni jalb etişga alohida eʼtibor qaratildi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 500 ta issiqxonada mahalliy oilalardan kamida 1 ming nafar kişi iş bilan taʼminlanadi. Limon köçatlari hosilga kirguniga qadar oraliq ekinlar yetiştiriş orqali qöşimça daromad oliş mumkin böladi.
Baliqçi tajribasi asosida kelgusi yil hududlarda jami 200 gektar maydonda kambağal oilalar va işsizlar uçun energotejamkor issiqxona majmualarini barpo etiş rejalaştirilgan. Bu ikki mingta oilaning daromadini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Taqdimot yakunida davlat rahbari kambağallikni qisqartirişga qaratilgan uşbu loyihalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş, aholini baliqçilik va limonçilikka öqitiş xarajatlarini qoplab beriş çoralarini köriş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berdi.








