Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 7 noyabr kuni Germaniyaning Hugo Boss kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Konstantin Soyer hamda Semih Demir viloyat hokimi bilan bölgan uçraşuvda Namangan şahridagi tekstil korxonasi bilan hamkorlikda uşbu brend mahsulotlarini Namanganda tayyorlaş böyiça muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Namangan şahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xayrullo Bozorov birgina Namangan şahrining özidan 1,5 mingdan ortiq tikuvçilik korxonasi faoliyat olib borayotgani, paxtaçilik bugungi kunda 85 foiz klasterlarga ötkazilgani, kelgusi yildan bu körsatkiç 100 foizga yetişinini ta'kidladi. Hozirgi kunga qadar asosiy eksport MDH mamlakatlari bozoriga yönaltirilganini aytib ötgan viloyat hokimi sönggi yillarda yangi bozorlar ham kaşf etilayotganini, «Çust tekstil» korxonasi Portugaliya va AQŞga, «Iftixor kiyim sanoat» esa Germaniya bozoriga kirib borganini ma'lum qildi.

Kompaniya vakillari bugungi kunda Namangandagi «Lyuks plyus servis» MÇJ bilan hamkorlik yölga qöyilgani, biroq bölajak işlab çiqariş uçun qöşimça yer maydoni masalasida kömak kerakligini bildirdi. Viloyat hokimi bu masala albatta yeçim topişini ta'kidladi.
Uçraşuvda Namangan şahar hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov, «Lyuks plyus servis» MÇJ direktor maslahatçisi Ne'matjon Fathiddinov iştirok etdi.







