12 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Advokatlar palatasi va Adliya vazirligi vakillari bilan matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda Advokatlar palatasi raisining birinçi örinbosari Şuhrat Sodiqov sohadagi ayrim masalalarga töxtalib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Tergov hibsxonalarida yaxşi şaroitlar yaratilgan. Bu böyiça muammolar haqiqatda bor edi. Bu avvalo Toşturmadan boşlandi. Hamma joyga jar solib çiqdik. «Bu nima degan gap?» dedik. Mijoz bilan advokat uçraşadigan xonada kamera qöyilgandi. U ham video yozadi, ham audio yozadi. Advokatlar hattoki, öşa kamerani qobiliyati qanaqaligi haqida modifikatsiyasini ham kötarib kelişdi. Şundan söng tartibga solindi. Endi bunday xonalarda kameralar yöq, audio-video yozuvlar bölmaydi. Bunday tizimli muammolarning köpi öz yeçimini topgan.

Töğri, ayrim hollarda advokatlar bizga yetkazib turişadi. Telefoni olib qöyilgani yoki mijozning oldiga qöymagani haqida aytib qolişadi. Bu saviyasi past xodimga boğliq bölgan bölib qoladi.

Advokatlar palatasi raisi Boş prokuror bilan, Oliy sud raisi bilan ham uçraşdi. Muammolar tuşuntirilgan, maslahatlaşilgan. Töğrisini aytiş kerak, hamma sudlarda ham yetarli şaroit yöq. Sudyalarning öziga joy yöq, şu sabab advokatga joy qilib bera olmaydi. Ayrim sudlarda mana advokatlar xonasi deb ertasi kuni olib qöyilgan joylar ham bor. Yaqin kunlarda masalalar umumlaştirilyapti va palata raisi Oliy sud raisi bilan uçraşadi. Oliy sud barça sudlar bilan videoselektor tarzida körsatiladi deyilgan. Biz bunga tayyorgarlik köryapmiz», – deydi Sodiqov.

Uning sözlariga köra, Advokatlar palatasi qoşida advokatlarni himoya qiliş departamenti taşkil qilinmoqda.

«Advokatlarning faoliyatiga xalaqit qiladigan holatlar böyiça kerak bölsa Boş prokurorga ham, Oliy sud raisiga ham çiqyapmiz», – dedi Advokatlar palatasi raisining birinçi örinbosari.