Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni loyihasi yuzasidan brifing bölib ötdi.
Brifingda hozirda MIB ijroçilarining iş hajmi mavjud normativlardan 16 baravar köpligi, iş yurituvidagi ijro hujjatlarining qariyb 60 foizini sudlar va boşqa vakolatli organlarning jismoniy şaxslardan ma'muriy jarima, soliq qarzi va davlat boji undiriş haqidagi hujjatlar taşkil etişi, bu kabi ijro işlari murakkab ijro harakatlarini talab qilmasligi ta'kidlab ötildi.
Uşbu mexanizm yölga qöyilişi bilan davlat ijroçilarining iş hajmi optimallaştirilişi, ijro samaradorligi ortişi, MIB xodimlari va qarzdorlar örtasida keskinlikka barham berilişi, yuzaga kelayotgan e'tirozlarning oldi olinişi, murakkab turdagi ijro hujjatlari ijro etilib, davlat budjetiga tuşumlar miqdori oşişiga olib kelişi kutilayotgani ta'kidlandi.
Hozirda MIBga kelib tuşayotgan ijro masalasiga oid murojaatlarning qariyb 60 foizidan ortiğini aliment masalalari taşkil etmoqda va bu turdagi ijro işlarining nazoratini öz vaqtida olib boriş, ijro etiş samaradorligini talab etmoqda.
Şu bois, aliment majburiyatlari böyiça yagona bank hisob raqamini joriy etiş hamda aliment majburiyatlari bajarilişini masofaviy monitoring qiliş böyiça tizim yaratiş taklif etilmoqda.
Unga köra, aliment undiriş töğrisidagi har bir ijro hujjati böyiça yagona hisob raqamda alohida sub hisob raqamlar oçiladi. Uşbu sub hisob raqamlarda aliment böyiça mablağlarning harakati amalga oşirilişi közda tutilmoqda.
Loyihaga köra, barça aliment tölovlari, şu jumladan iş haqidan uşlanmalar yagona hisob raqam orqali amalga oşirilişi hamda undiruvçilar aliment pullarini tegişli sub hisob raqamlardan çeklovlarsiz oliş imkonini yaratişi haqida ma'lumot berib ötildi.
Şu singari, MIBga vakolatli organning ma'muriy jarima qöllaş töğrisida qarori yuborilayotganida, qarorni huquqbuzarga topşirilganini asoslovçi hujjat majburiy tartibda ilova qilinişi taklif etilmoqda.
Uşbu mexanizm yölga qöyilişi bilan ma'muriy jarima undiriş töğrisidagi qarorlarni MIB organlariga yuborişda ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks normalariga qatiy rioya etilişi ta'minlanişi, ma'muriy jarimalar ixtiyoriy tölab borilişi, davlat ijroçilari va fuqarolar örtasida ziddiyatlar va asossiz noroziliklar kamayişiga erişilişi ta'kidlab ötildi.







