Bugun, 14 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «regulation.gov.uz» sayti orqali muhokamaga qöyilgan «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni yuzasidan brifing bölib ötdi.

Majburiy ijro byurosining Huquqiy ta'minlaş va huquqiy-aloqalar bölimi boşliği Nasimxon Burxanovning sözlariga köra, loyihadan asosiy maqsad soddalaştirilgan majburiy ijro institutini joriy etiş, bu tartib böyiça davlat ijroçisi majburiy ijro harakatlarida qarzdor bilan muloqotga kirmasdan va undiruvni mol-mulkka qaratmagan holda, masofaviy amalga oşirişi nazarda tutilmoqda.

Bu tartib sudlar va boşqa vakolatli organlarning jismoniy şaxslardan ma'muriy jarima, soliq qarzi va davlat boji undiriş haqidagi ijro hujjatlari böyiça amal qiladi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda bu loyiha notöğri talqin qilinmoqda. Bu loyihaning işlab çiqilişida jamoatçilik fikri hisobga olingan. Bu jarayon odatiy kommunal tölovlarni undiriş jarayoniga mutlaqo tegişli emas. 

Undiruvni faqatgina hisobraqamlardan va plastik kartoçkadan sözsiz yeçib oliş orqali hamda qarzdorlik mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan köp bölmagan hollarda esa (bu miqdor hozirda 635 ming sömgaça) qarzdorlikni iş haqiga qaratiş orqali amalga oşiriladi», deya Nasimxon Burxanovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.