Bugun navbatdagi jahon çempionatiga saralaş öyinlari uçun eng muhim öyinda maydonga tuşamiz. Yangi terma jamoamiz dastlabki haqiqiy sinovga duç keladi. Öyinning muhimligi şundaki, gap faqat oçkolar yoki turnir jadvalida emas, aynan şu öyin, uning natijasi nafaqat bu, balki keyingi bosqiç uçun ham katta ahamiyat kasb etadi. Sababi, kuçli jamoalarga qarşi qanday öynaşimiz keyingi bosqiçdagi raqiblarimizga qarşi öyinlar uçun öziga xos poydevor, işonç vazifasini bajaradi.

JÇ-2014 saralaş öyinlarida biz tariximizdagi eng köp oçkoni töplaganmiz va yöllanma uçun juda yaqin kelgandik. Esingizda bölsa, öşanda saralaşning dastlabki bosqiçlarida Yaponiya bizga raqib bölgan, ularga qarşi ikki öyinda 4 oçko olişga muvaffaq bölgandik. Öşa öyinlar futbolçilarimizga har qanday raqibga qarşi öynay olişimizni, har qanday kuçli jamoani yengişga qodir ekanimizni körsatgan. Mana şu jihatdan Saudiya Arabistoniga qarşi öyindagi ğalaba, asosiysi, bu öyinda biz taşabbuskor taraf sifatida bölişimiz, öyinni nazorat qilişimiz futbolçilarimiz uçun juda ham muhim. Öziga va belgilangan vazifani bajarilişiga işongan futbolçilar bilan keyin boş murabbiyga ham osonroq böladi.

Odatda öyin oldidan, barça tayyorgarliklar amalga oşirilib, endi qöşimça kuç oliş kerak bölganda, murabbiylar motivatsion nutq qilişadi. Bu futbolning ajralmas qismiga aylangan, qaysidir tarixiy ğalabalar oldidan murabbiylar nimalar deganlari haqida afsonalar yuradi, muxlislar uçun juda qiziq mavzu. Men ham şunaqa motivatsion biror narsa aytmoqçiman va bu uçun Yevropa futbolidan, çet eldan biror misol keltirişim şartmas. Misollar şu yerda, atrofimizda. Masalan, Mirjalol Qosimov hikoyasi. U heç qaçon jahon çempionatiga çiqa olmagan bölsa-da, doim şunga loyiq öyin körsatgan, zero natijaga köpinça biz javobgar emasmiz – «bizga yutiş emas, kuraşiş buyurilgan». Ya'ni qoida doim özgarmaydi, natija uçun bor imkoniyatni işga sol, qolgani bilan işing bölmasin. Sen mana şu harakating uçun mas'ulsan.

Mirjalol Qosimov istiqlol yillarida şubhasiz, mamlakatimizning eng yaxşi futbolçisi. Futbolimiz tarixida ham uning öz örni bor va ança yuqorida. Abduraimov, Krasnitskiy, Fedorov, Anlar bilan bir qatorda. Lekin bilasizmi, Mirjalol bir jihati bilan bu ruyxatda ustunlik qiladiki, buni ta'kidlaş juda ham zarur.

Muxlislar örtasida ham, matbuotda ham juda köp eşitib qolamiz, bizda yulduz futbolçilar uçun şaroit yöq, yangi Qosimovlarni boy beryapmiz va hokazo. Şerzod Karimov yangi Qosimov bölişi mumkin edi, biz uni yöqotdik. Çirkin futbolimiz falonçiyevga tösqinlik qildi va u örtamiyona bölib qoldi. Maxsitaliyevni saqlab qolişimiz kerak edi va hokazo. Yangi Qosimovlar taksistlik qilyapti, deyişadi!

Öylab qolaman, Qosimov taksiçi bölişi mumkinmidi? Yöq!.. Heç qaçon!