Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda MOMIH dasturining vazirlar darajasidagi konferensiyasi boshlandi
Toshkentda Osiyo taraqqiyot banki va Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining (MOMIH) vazirlar darajasidagi konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
MOMIHning asosiy maqsadi to‘rtta ustuvor sohada, jumladan, transport infratuzilmasi, bojxona hamkorligi, savdo siyosati va energetika sohasida mintaqaviy va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishdir.
Konferensiyada Xitoy, Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston va Turkmanistonning moliya, tashqi ishlar, iqtisodiyot va savdo sohalaridagi vazirlari va davlat vakillari, shuningdek Yevropa Ittifoqi, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa bir qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Konferensiyaga O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umrzoqov raislik qilmoqda.
Mavzuga oid
20:31 / 13.11.2025
YuNeSKO Bosh konferensiya yuqori darajada o‘tkazilgani tufayli O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi
08:05 / 30.09.2025
O‘zbekiston Aksilkorrupsiya tashabbusi a’zosiga aylandi
09:56 / 12.07.2025
Ukrainani tiklash: konferensiyada 10 mlrd yevro va’da qilindi
17:20 / 30.04.2025