Tailand hukumati dunyoning 93 mamlakati, jumladan, Özbekiston fuqarolari uçun amalda bölgan 60 kunlik vizasiz rejimni 15-sentabrdan rasman bekor qilgani haqida xabar qilingandi.

Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga maʼlum qilişiça, haqiqatdan ham Qirollik hukumatining qaroriga köra, joriy yil 15-sentabrdan Özbekiston fuqarolari uçun mamlakatga kirişdagi vizasiz tartib bekor qilinmoqda.

Endilikda Özbekiston fuqarolari Tailandga boriş uçun oldindan Qirollikning rasmiy elektron viza portali (https://www.thaievisa.go.th) orqali elektron viza anketasini töldirgan holda kiriş vizasini rasmiylaştirişlari lozim.

Elektron viza anketasini töldirgandan söng, fuqaro viza uçun tölovni - Tailandning Moskva şahrida joylaşgan elçixonasiga taşrif buyurgan holda amalga oşirişi lozim.

Vazirlik matbuot kotibi Omonulla Fayziyevning Kun.uz'ga maʼlum qilişiça, ayni vaqtda Tailand tomoni bilan «tölov joyini özgartiriş böyiça muzokaralar olib borilmoqda». Tölov onlayn bölişi yoki Tailandning Özbekistonga yaqinroq davlatlardagi (masalan qöşni Qozoğiston) vakolatxonalari orqali amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqilmoqda.

«Fuqarolarimiz uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida barça zarur işlarni amalga oşiryapmiz», dedi Omonulla Fayziyev.

Tailandga kirişda nimalar özgaryapti?

Joriy yil 15-sentabrdan boşlab Tailand 93 ta davlat uçun yagona 60 kunlik vizasiz rejim örniga bir neçta alohida toifani joriy etadi:

  • 30 kunlik vizasiz kiriş - 60 ta mamlakat va hudud, jumladan, Yevropaning aksariyat davlatlari, AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Isroil fuqarolari uçun;

  • 15 kunlik vizasiz kiriş - ikki davlat (Seyşel orollari va Mavriki) fuqarolari uçun;

  • Tailandga borganda olinadigan viza (Visa on Arrival) - faqat uç davlat: Ozarbayjon, Belarus va Serbiya uçun saqlab qolindi.