15 noyabr kuni Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi boşlanğiç taşkilotlarining kelgusi faoliyat yönalişlarini aniqlaştirib olişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Qömita raisi Elmira Bositxonova öz nutqida boşlanğiç taşkilotlarni qömitaning ildiziga qiyoslab, ularning faoliyatidagi qator kamçiliklarni hamda ularni bartaraf etişda nimalarga köproq ahamiyat qaratiş zarurligini ta'kidladi. Bundan taşqari, oilaviy munosabatlar, ajralişlar holati haqida şaxsiy fikr-mulohazalarini bayon etdi.

«Ajraliş – oddiy hujjat bilan böladigan narsa. Qaror çiqqaç, ajraladi. Ammo hamma muammo ajralgandan söng boşlanadi. Buni har kuni 80 nafargaça qabulimga kelayotgan ayollar misolida köryapman. Ularning 45-50 foizi ajraşganlar bölib çiqyapti. Bola, boylik, yer talaşiş, bir-birini uriş holatlarining kuzatilayotgan açinarlidir.

Oilaviy qadriyatlarni asraşimiz zarur. Xorijlik ekspertlar ham oila va keksalarga munosabatimizga havas qilişadi. Agar ajralişlarning oldini olmasak, biz buni yöqotib qöyamiz. Hammamiz tomoşabin bölib turibmiz, jumladan men ham. Jamiyat özi töğrilab oladi, deb öylayapmiz. Jamiyat bizmiz, biz töğrilamasak, heç narsa özidan özi töğrilanmaydi», – degan Bositxonaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.