Özbekiston va Qozoğiston milliy jamoalari örtoqlik öyinini ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda qozoğistonlik jurnalist Oydin Kojaxmet öz telegram kanalida xabar berdi.
«Ayni paytda har ikkala mamlakat futbol federatsiyasi bu borada muzokara ötkazmoqda. Agar kelişuvga erişilsa, öyin 2020 yil mart oyida Toşkentda ötkaziladi», deb yozdi Kojaxmet.
Özbekiston va Qozoğiston futbol federatsiyalari örtasidagi aloqalar 2007 yilda uzilib qolgan edi. Bunga Çimkent şahrida ötkazilgan «Alma-TV Kubogi» xalqaro turnirida yuz bergan voqealar sabab bölgan.
Sönggi öyinda Qozoğiston va Özbekiston milliy jamoalari töqnaş kelgan. Hisob 1:1 bölib turganda Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi Anvar Soliyev darvozabon bilan yuzma-yuz çiqqan. Ammo raqib posboni uni jarima maydoni içida yiqitgan. Qirğizistonlik boş hakam Dmitriy Maşensev huştagi esa yangramagan. Natijada, butun öyin davomida mezbonlarga yon bosib turgan hakamdan norozi bölib turgan özbekistonliklar delegatsiyasining asabi doş bermagan.
«Özbekiston milliy jamoasi delegatsiyasi qirğizistonlik hakamni örtaga olib, qöpol tarzda e'tiroz bildira boşladi. Massajçi esa köz öngimda qanot hakamiga muşt tuşirdi. Xullas, juda katta töpolon böldi», - deb yozadi Kojaxmet.
Öyin 1:1 hisobida yakunlandi va boş sovrin Qozoğiston milliy jamoasiga nasib qildi. Bahsdan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida esa Qozoğiston va Özbekiston futbol aloqalari uzilgani e'lon qilindi.
«Öyindan keyingi matbuot anjumaniga mehmonlardan faqat Özbekiston milliy jamoasi matbuot kotibi Alişer Nikimbayev keldi. U yuz bergan tartibsizliklar töğrisida ğazablanib gapirdi va Özbekiston bundan keyin heç qaçon Qozoğiston bilan futbol öynamasligini e'lon qildi. Ya'ni ikki mamlakat örtasidagi futbol aloqalari uzildi», - deb yozdi Kojaxmet.
Qayd qiliş joizki, öşa paytdan beri Özbekiston va Qozoğiston milliy jamoalari biror marta futbol maydonida töqnaş kelmagan.
Öz navbatida, taniqli futbol mutaxassisi Alişer Nikimbayev qozoğistonlik jurnalist Oydin Kojaxmetning bu fikrlariga munosabat bildirib, matbuot anjumanidagi aytgan gaplari boşqaçaroq bölganini ta'kidladi.
«Özbekiston bundan keyin heç qaçon Qozoğiston bilan futbol öynamaydi, demadim. Balki, munosabat özgarmasa, şunday böladi, dedim. Çunki Çimkentdagi voqealardan oldingi öyinlarda ham şunday holatlar bölib turgan. Umuman olganda, bu bahsni ozarboyjonlik hakamlar boşqarişi kerak edi. Biroq, taşkilotçilar öyinga qirğizistonlik hakamlarni tayinlaşdi. Bu holat ozarboyjonliklarni ham, qirğizistonliklarni ham (Maşensevdan taşqari) jahlini çiqardi. Bu mojaro uçun şaxsan özim ham mukofotdan mahrum qilinganman», - deb yozdi Nikimbayev «Futbolium» telegram kanalida.









