Turkiya xavfsizlik kuçlari IŞIDning yaqinda yöq qilingan yetakçisi Abu Bakr al-Bağdodiyning 25 nafar qarindoşini qölga oldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning ma'lumot berişiça, Turkiya kuç tuzilmalari xodimlari Kirşehir, Ördu, Samsun va Şonliurfa viloyatlarida terrorizmga qarşi operatsiyalar ötkazgan.

Turkiya boş prokuraturasi qölga olinganlarning barçasini terrorçilik faoliyatiga aloqadorlikda ayblamoqda.

Avvalroq Suriyada al-Bağdodiyning opasi Rasmiya Avaz uşlangani ma'lum qilingandi. Manbaning ma'lum qilişiça, Avaz bilan birga uning turmuş örtoği, kelini va 5 farzandi uşlangan. 65 yoşli Avaz IŞID bilan aloqalarda ayblanmoqda.