Boş aylanişi: sabablari nima va qanday çora köriş kerak?
|00:20 / 18.11.2019241 28211 min
Boş aylanişi katta yoşli insonlarni şifokor qabuliga borişga majbur qiluvçi eng asosiy sabablardan biridir.
Quyida boş nega aylanişi, uning aynan qaysi xastaliklar bilan aloqasi borligi va nihoyat undan qutuliş çoralari haqida ma'lumot beramiz.
Boş aylanişi nima?
Boş aylanişi çarçoq va behuzurlikning tösatdan paydo böluvçi alomati bölib, bunda insonga uni örab turgan olam atrofida aylanayotgandek tuyuladi. Juda yoqimsiz hissiyot bölib, deyarli huşdan ketişgaça olib borişi mumkin. Biroq, yaxşiyamki, uşbu xurujning bir özi hayot uçun xavfli holatlardan darak berişi juda kam uçraydi.
Boş aylanişi haqida 3ta fakt:
1. Boş aylanişi alohida kasallik bölmay, turli xastaliklarning alomati hisoblanadi: qon bosimi keskin tuşişidan tortib, öta isib ketiş yoki öta darajada suvsaşgaça.
2. Boş aylanişining bir xuruji heç qaçon ikki haftadan ortiq vaqt davomida sodir bölmaydi — bu davr mobaynida organizm noxuş hisga moslaşişga ulgura oladi. Töğri, vaqt ötib boş aylanişi yana qaytalanişi mumkin.
3. Boş aylanişi har qanday yoşli insonda kuzatilişi mumkin, ammo keksalarda tez-tez uçraydi — 70 yoşdan oşgan odamlarning 20 foizigaça bölgan qismi bu muammoga duç kelişadi. Katta yoşlilar örtasida ayollar erkaklarga nisbatan köproq aziyat çekişadi.
Nimadan boş aylanadi?
Agar biz migren, spirtli içimliklar yoki ma'lum dori-darmonlarni qabul qiliş bilan boğliq boş aylanişi haqida qayğurmayotgan bölsak, unda gap boş aylanişining eng keng tarqalgan turi — yaxşi sifatli paroksizmal pozitsiyali boş aylanişida (YaPBA). Uşbu murakkab nom oddiy ma'noga ega:
yaxşi sifatli - bu hayot uçun xavfli emas,
paroksizmal - tösatdan sodir böladi, bir daqiqadan kam davom etadi,
pozitsiyali - harakat paytida «yonadi», masalan, yotoqda yoki ba'zi holatlarda boş yon tomonga ögirilganda, şu jumladan oldinga egilganda,
boş aylanişi - insonda atrofdagi hamma narsa harakatga kelayotgandek his uyğonadi.
YaPBA tana holatini fazoda nazorat qila oliş imkonini beradigan vestibulyar apparatdagi mitti «buziliş» bilan boğliqdir. Uşbu organ boş suyagiga maxsus suyuqlik bilan tölgan holda öralgan uçta yarim doira nayçasidan iborat. Kişi boşini qimirlatganda suyuqlik harakatlanadi, membranaga bosim ötkazadi va şu tarzda miyaga tana böşliqda öz holatini özgartirgani haqida belgi beradi.
Mavzuga oid
Nayçalar yonida otolit apparati joylaşgan. U ikki suyuqlik bilan töla qopçalardan taşkil topgan bölib, ularning içida sezgir hujayralar joylaşgan. Sezgir hujayralar uzra maxsus geldan kalsiy karbonati kristallari, otolitlar kötariladi. Inson harakatga kelganda, kristallar joyidan siljiydi, kiprikçalarga bosim beradi va harakatning boşlanişi va tezligi haqidagi signal miyaga ötadi.
Otolitlar öz qopçalaridan «tuşib ketsa» va kiprikçali sezgir hujayralarga ega bölgan yarim doira nayçalariga tuşsa muammo paydo böladi. Uşbu hujayralarning tirnaş xususiyati tufayli harakat illyuziyasi yuzaga keladi, odam şunçaki boşini ögirsa ham boş aylanişi kuzatiladi.
Köpinça YaPBA quyidagilar natijasida yuzaga keladi:
bakterial yoki virusli infeksiya tufayli örta quloq yalliğlanişi;
keskin çayqaliş, boş jarohati yoki quloq sohasida jarrohlik ötkazilişi;
uzoq vaqtli yotoq rejimi;
vestibulyar apparati kasalliklari - masalan, Menera xastaligi;
otolit organi membranasi yorilişi.
Keksa odamlarda YaPBA yoşga boğliq kasalliklar tufayli yuzaga kelişi mumkin, ammo köpçilik bemorlarda buning sababini aniqlab bölmaydi: odam yotoğidan turadi va unda tösatdan boş aylanişi kuzatiladi.
- Agar inson hayotida birinçi marta boş aylanişi kuzatilayotgan bölsa, eng yaxşisi:
keskin faol harakatlardan saqlaning;
boş aylanişi minimal darajada namoyon böladigan tana holatini egallaşga harakat qiling;
xuruj ötib ketişini kuting.
Agar bir neça daqiqada yengillaşmasa yoki boşqa (har qanday) alomatlar qöşilsa, tez yordam çaqirişingiz yoki köp tarmoqli şifoxonaning qabul bölimiga borişingiz kerak. Agar boş aylanişi hujumi bir neça daqiqa ötgandan söng ötib ketsa ham, poliklinika şifokori bilan maslahatlaşiş zarur.
Statistikaga köra, ayniqsa yoşlarda, uşbu noqulay holat YaPBA, psixogen boş aylanişi va funksional somatoform buzilişi foni sababli röy beradi. Ular heç qanday tahdid soliş imkoniga ega emas. Ammo boş aylanişi birinçi marta paydo bölsa, tibbiy körikdan ötiş kerak.
Şifokorga qaçon murojaat qilinadi?
Bir tomondan olib qaraganda, har bir odam umri davomida kamida bir marta bölsa ham boş aylanişini his qiladi. Boşqa tomondan, YaPBAdan taşqari, boş aylanişi suvsizlaniş yoki giperventilyatsiya bilan boğliq bölişi mumkin yoki bu jiddiy kasalliklarning alomatlari bölişi mumkin - aritmiya va insultdan tortib, qon tomir aterosklerozi yoki saratongaça. Şuning uçun deyarli barça odamlar vaqti-vaqti bilan duç keladigan beziyon boş aylanişini jiddiy soğliq muammolaridan darak beradigan boş aylanişidan ajratişni örganiş juda muhimdir.
Yaxşi sifatli boş aylanişi öz-özidan ötib ketadi va heç qaçon qaytmaydi. Noqulaylik hissini yengillaştiriş uçun bir neça daqiqa yoting. Hujumdan söng sekin, muloyim va ehtiyotkorlik bilan harakatlanişga harakat qiling, tez-tez dam oling va suv içişni unutmang - bu suvsizlanişni oldini olişga yordam beradi. Çekiş va alkogoldan voz keçing.
YaPBA yoki ortostatik boş aylanişi (odam tösatdan yotgan yoki ötirgan holatda boşlanganda) bir neça kundan keyin, ba'zan esa bir neça soatdan keyin qaytadi. Agar boş aylanişi bir daqiqadan köproq davom etsa va muntazam ravişda takrorlansa, siz şifokor - terapevt yoki nevrolog körigiga borişingiz kerak.
Boş aylanişi köplab jiddiy kasalliklarning boşlanişi bölişi mumkinligi sababli, boş aylanişining birinçi epizodidan keyin tibbiy yordamga murojaat qilişingiz kerak - hatto u qisqa bölsa ham, öz-özidan ötib ketgan bölsa ham. Har bir holatda öz vaqtida taşxis qöyiş va malakali maslahatçining tavsiyasi muhim.
Agar siz yoki yoningizdagi odamda quyidagi alomatlar kuzatilsa, boş aylanişi jiddiy kasallikdan darak berayotganini anglatadi:
tösatdan paydo bölgan kuçli boş oğriği;
kökrak sohasida oğriq;
nafas qisişi;
oyoq-qöllarining uvişişi yoki falajlaniş;
huşidan ketiş;
ikki tomonlama köriş;
tez yoki tartibsiz yurak urişi;
çalkaş va noaniq nutq;
yuriş va qadam bosişda qiynaliş;
qusiş;
talvasa ya'ni tomir tortişişi (sudoroga);
eşitişning keskin özgarişi;
yuz muşaklari qotib qolişi yoki zaiflaşişi;
38° C dan yuqori harorat.
Agar boş aylanişidan taşqari, uşbu alomatlardan kamida bittasi paydo bölsa, darhol tez yordam çaqirişingiz kerak.
Boş aylanişini davolaş mumkinmi?
Qoidaga köra, boş aylanişi öz-özidan yoki asosiy kasallik davolangandan keyin yöqoladi va şu vaqtgaça şifokor noqulaylikdan xalos bölişga yordam beradigan dori-darmonlarni buyurişi mumkin. YaPBAni ham muvaffaqiyatli davolaş mumkin.
- YaPBAni davolaşning asosiy usuli otolit zarralarini labirint boşlaniş qismidagi yarim doira nayçalardan qaytarişga xizmat qiluvçi repozitsion nayranglarni işga solişdan iboratdir. Bunday davolanişning samaradorligi 95 foizga yetadi. Dori-darmonlar bilan davolaş ikkilamçi YaPBAda har doim individual tarzda buyuriladi.
YaPBA xurujlari takrorlanişini oldini oliş va «vestibulyar apparatni çiniqtiriş» uçun bemorlarga vestibulyar gimnastika va/yoki Brandt-Daroff maşqlarini bajariş foydali böladi.
Öz-özidan, qon bosimining pastligi jiddiy, hayot uçun xavfli vaziyatlarni (içki yoki oşqozon-içak traktidan qon ketişi, infarkt, insult, anafilaktik yoki septik şok) istisno qilişni va ularni tezkor va malakali davolaşni talab qiladi.
Agar biz «deyarli soğlom odam» haqida gapiradigan bölsak va ortostatik boş aylanişi huşidan ketişdan darak bersa, bemorni gorizontal holatda yotqiziş va oyoqlarini baland holatga keltiriş kifoya. Bunday ortostatik boş aylanişining eng xarakterli misoli - homiladorlik paytida yoki uzoq muddatli safga jalb qilingan yangi askarlarda kuzatiladi.
Agar bunday holatlarning sababi aniqlansa va hayot uçun xavf tuğdirmasa, bemorlarga uzoq vaqt davomida tik turmaslik, tananing holatini özgartirib turiş, yuriş va boş aylanişi alomatlari paydo bölganda, ötirişga yoki yotişga harakat qiliş tavsiya etiladi.
Köpinça siquvçi paypoq kiyiş foydalidir - bu oyoqning pastki qismida venoz kanali hajmini qisqartirişga yordam beradi.
Keksa bemorlarda muntazam pasayuvçi qon bosimi fonida boş aylanişini davolaş qiyin klinik vazifa bölişi mumkin. Bunday holatlarda boş aylanişi odatda juda muhim bölmagan alomatdir. Bunday bemorlarni muvaffaqiyatli davolaş uçun, qoida tariqasida, bir neçta mutaxassislik şifokorlari iştiroki talab etiladi.
Xulosa
1. Har bir odam hayoti davomida heç bölmaganda bir marta boş aylanişiga duç keladi. Agar boş aylanişi xuruji qaytalanmasa, demak, heç qanday köngilsiz holat sodir bölmagan. Ozroq dam olişning özi yetarli.
2. Köpinça «ğayritabiiy» boş aylanişi içki quloq kasalliklari va ortostatik muammolar bilan boğliq. Agar boş aylanişi muntazam takrorlansa va bir daqiqadan köproq davom etsa, şifokor bilan maslahatlaşiş kerak.
3. Ba'zida boş aylanişi jiddiy kasallikning alomati böla oladi. Agar sizning yoningizdagi odam boş aylanişi, köngil aynişi, köz ikkilanişi, kökrak oğriği, talvasa, nutq buzilişi va yuriş qiyinlaşişi kuzatilsa, zudlik bilan tez yordam çaqiriş kerak.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi