Mutaxassislarning fikriça, Hindistondagi Sambxar köli yaqinida 10 mingdan ortiq quş "quş botulizmi"dan halok bölgan. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Telekanalning qayd etişiça, quşlarning aksariyati bu yerga qişlaş uçun kelgan. Avvalroq ular quş grippidan ölgan deb hisoblanayotgandi.

Endi esa mutaxassislar quşlar zaharli moddalardan zaharlaniş oqibatida yuzaga keladigan "quş botulizmi" kasalligidan halok bölganini aytişmoqda.

Köl yaqinida favqulodda vaziyatlar vazirligining 70 nafar mutaxassisi iş olib bormoqda.