Davlat soliq qömitasi sönggi kunlarda foyda soliği böyiça qöşimça hisoblangan va undirilgan soliqlar yuzasidan soliq tölovçilar yöllagan e'tirozlarini örganib çiqdi.

DSQ matbuot xizmatiga köra, ayrim hududiy davlat soliq inspeksiyalarining mansabdor şaxslari tomonidan tovar aylanmasini yoki foydani kamaytirib körsatişga heç qanday asosi bölmagan soliq tölovçilarning III çorak foyda soliği hisobotiga nisbatan IV çorak uçun kam foyda soliği hisoblanganligi töğrisidagi murojaatnomalar yuborilgan.

Unda soliq tölovçilarga aniqlangan tafovutlarni qayta körib çiqib, öziga qulay va ma'qul bölgan vaqtda özaro muhokama qiliş uçun davlat soliq inspeksiyasiga taşrif buyurgan holda tuşuntiriş berilişi ma'lum qilingan.

Davlat soliq inspeksiyasining murojaatiga tuşuntiriş bermagan, tafovutga aniqlik kiritmagan ayrim soliq tölovçilarga qöşimça soliq hisoblab, undirib olingan.

Soliq kodeksining 164-moddasiga asosan hisobot davri mobaynida yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği joriy tölovlarni kiritiş orqali tölanadi va joriy hisobot davri uçun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan hamda yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliğining belgilangan stavkasidan kelib çiqib hisoblanadi.

Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib çiqqan holda hisoblab çiqarilgan foyda soliği summasi hisobot davri uçun budjetga tölanişi lozim bölgan foyda soliği summasiga nisbatan 10 foizdan köproq kamaytirilgan taqdirda, haqiqiy summasidan kelib çiqib penya hisoblanişi nazarda tutilgan.

Bugungi kunda yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği tölovçilari soni 44 mingtani taşkil etmoqda va uşbu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 6 barobarga köpaydi (2018 yilda 7 mingta bölgan). Ular tomonidan foyda soliği Soliq kodeksida belgilangan tartibda tölab kelinmoqda.

Biroq, ayrim soliq tölovçilar soliqlardan qoçiş (yoki kam tölaş) maqsadida soliq solinadigan foydani sun'iy ravişda kamaytirib körsatişga urinayotgani aytiladi.

Misol uçun, “Saroy mulki” korxonasi (korxona nomi özgartirilgan) 2019 yil 9 oyi davomida 43,3 mlrd. söm, şundan iyul-sentabr oylarida 9,6 mlrd. söm realizatsiyani amalga oşirgan. 2019 yil III çorak joriy tölov (avans) uçun taqdim etgan ma'lumotnomasiga asosan 90,0 mln. söm foyda soliği hisoblagan.