Britaniya şifokorlaridan eng maqbul kun tartibi.

Ertalab uyqudan uyğongandagi özini betob his qiliş kabi yoqimsiz holat har birimizning boşimizdan ötgan. The Sun naşri bir kunda tetiklaşişni va kasal bölmaslikni istaydiganlar uçun britaniyalik ekspertlar bilan bölgan suhbat hamda uning asosida tayyorlangan «mukammal kun tartibi»ni e'lon qildi.

Tong

Kuningizni issiq duş qabul qilişdan boşlang. Kardiff universiteti professori va şamollaşni davolaş böyiça mutaxassis Ron Eklz şuni ta'kidlaydiki, buğ burun bitişini bartaraf etadi, issiq suv esa tana zirqiraşini yengişda yordam beradi.

Söngra nutritsiolog Amanda Arsell tavsiyasiga köra S vitaminining kunlik miqdori bilan quvvatlaniş kerak. Nonuştaga qöşimça ravişda apelsin va kivi qöşilgan mevali salat qöşiş mumkin yoki sevimli bötqani rezavorlar bilan bezatiş kifoya. Tonggi qahva va çoydan esa voz keçgan ma'qul: tarkibida kofein bor va boşqa suyuqliklarga nisbatan aynan ular organizmdan tezroq çiqib ketadi. Yangi siqilgan apelsin şarbati tetiklanişda samaraliroq foyda keltiradi.

Kunduzgi vaqt

Şamollaşning birinçi alomatlari yuzaga kelişi bilan, iloji boriça, işlarni ortga surib, uyda issiq holatda qolişga harakat qiling. Ammo taşqariga çiqiş zaruratga aylansa, birinçi navbatda burunni sovuqdan himoyalaş kerak — antitelalarning viruslar bilan kuraşi aynan burunda röy beradi. Burunni issiq şarf bilan berkiting va yoningizda burunni namlantiruvçi sprey olib yuring.

Betoblik holatiga davo qiluvçi eng yaxşi taom tovuq şörva hisoblanadi va Angliyaning Lister şifoxonasi LOR-jarrohi Adam Froş bu fikrga mutlaq qöşiladi. Bunday şörva nafaqat oziqlantiradi, balki iliqlik va qulaylik hissini beradi — kasal inson uçun ideal taom. Şuningdek, şifokorlar iloji boriça köproq suv içişni va spirtli içimliklardan saqlanişni maslahat berişadi. 

Agar iştaha yöqolmagan bölsa, ovqatlaniş oraliğida Braziliya yonğoqlaridan juft hovuç miqdorida iste'mol qiliş maqsadga muvofiqdir. Amanda Arsellning sözlariga köra, uşbu yonğoq tarkibidagi selen katta foydani hosil qiladi — u immunitet tizimi uçun muhim element, ya'ni oqsillar bilan birikib, viruslarga qarşi kuraşda yordam beradi. 

Keçqurun

Keçki ovqat uçun aççiq karri qöşilgan taom tayyorlang. Amanda ziravorlar burun şilliq qavatini tirnaş xususiyati keltirib çiqaradi va burun bitib qolişiga tösqinlik qilib uni tozalaşni osonlaştiradi degan fikrda. Şundan söng, siz özingizni darhol yaxşi his etasiz.