Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimkentda 5 nafar o‘zbekistonlik tom qulashi natijasida jarohatlandi
Foto: Qozog‘iston FVV
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 21 noyabr kuni Chimkent shahrida qurilayotgan obektning tom qismi qulashi natijasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlangan.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, hamyurtlarimiz 3-son shahar shifoxonasiga joylashtirilgan, ulardan ikki nafari reanimatsiya bo‘limida.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda hududiy hokimiyat organlari va tibbiyot muassasasi bilan tezkor aloqa o‘rnatgan.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.
Mavzuga oid
18:34 / 04.09.2025
Qozog‘iston tog‘larida o‘zbekistonlik sayyoh daraga qulab, halok bo‘ldi
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025
AQShda o‘n minglab migrantlarning himoya maqomini bekor qilishga ruxsat berildi
20:33 / 13.08.2025