Migratsiya agentligi maʼlumotiga koʻra, 28-sentabr kuni vakolatxonaga mazkur korxonada ishlayotgan oʻzbekistonliklardan hujjatlari olib qoʻyilgani va ish haqi toʻlanmayotgani haqida murojaat kelib tushgan.
Vakolatxona xodimlari joyiga chiqib, ish beruvchi bilan muzokara oʻtkazgan. Natijada fuqarolarning hujjatlari qaytarilgan va ish haqi boʻyicha qarzdorlikni 48 soat ichida toʻlash majburiyati olingan.
Agentlik masala vakolatxona nazoratida ekanini bildirdi.
Murojaatlar uchun kecha-kunduz ishlaydigan koll-markaz: +7 (495) 803-40-00. Ishonch raqami: +7 (925) 045-47-44.

















