Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça sobiq örinbosari general-mayor Azizbek Isroiloviç Ikromov Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

U bu lavozimda biroz avvalroq işdan olingan Muhiddin Jörayev örnini egalladi.
Azizbek Ikromov 2017 yilda Mudofaa vazirligi tizimidagi faoliyatini boşlagandi. Bunga qadar Içki işlar vazirligi tizimida xizmat qilgan.
Bundan avvalroq, Içki işlar vazirining jamoatçilik tartibini saqlaş böyiça örinbosari Muhiddin Jörayev va IIV Qorovul qöşinlari qömondoni general mayor Dmitriy Pan lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilingan edi. 23 noyabr kuni Boş prokuratura general mayor Dmitriy Panga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani va unga nisbatan Toşkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot çorasi sifatida «qamoqqa oliş» qöllanilgani haqida xabar berilgandi.







