Qiziği şundaki, quruq yötal 50dan ortiq kasalliklarga tegişli bölgan juda keng tarqalgan alomatdir, şuning uçun uzoq muddatli quruq yötalning sabablari turli xil bölişi mumkin. 

Sabablar
Quruq yötal yuqori nafas yöllarining yalliğlaniş kasalliklari bilan birga keçadi. Gripp yoki ötkir respirator virusli infeksiyalarni davolaş paytida namlantiriladi va balğam köçişi bilan yöqoladi. 

Uzoq muddatli quruq yötalga traxeit (nafas yöli yalliğlanişi), faringit (tomoq şilliq pardasining yalliğlanişi), bronxit (bronxlar, nafas yöllari yalliğlanişi) va pnevmoniya (zotiljam) sabab bölişi mumkin. 

Şuningdek, nafas oliş tizimining holati atrof-muhit va yomon odatlarga nisbatan ta'sirçan hisoblanadi va natijada quruq yötal kelib çiqadi: xonada namlik yetarli bölmasligi, konditsionerdan foydalaniş, çekiş va notöğri ovqatlaniş. 

Bemorning öz salomatligiga nisbatan mas'uliyatsizligi tufayli uzoq muddatli quruq yötal paydo bölişi mumkin, ya'ni şamollaş asoratlarini oxirigaça davolamaslik, özboşimçalik bilan harakat qiliş, kasallikning ilk namoyon bölişidayoq balğam köçiruvçi vositalardan foydalaniş. 

Quruq yötalning noodatiy sabablari orasiga me'da şirasi kislotaliligi buzilişini ham kiritiş mumkin. Bundan taşqari, quruq yötal yurak yetişmovçiligida ham kuzatiladi.

Davolaş
Agar quruq yötal gripp yoki ötkir respirator virusli infeksiya bilan oğriganingizdan keyingi bir haftadan köproq vaqt davomida sizni bezovta qilsa, şifokorga borişingiz kerak.

Avvaliga terapevt bilan maslahatlaşing. Şundan söng u sizni LOR mutaxassisi, pulmonolog, kardiolog, nevrolog, gastroenterolog qabuliga yuborişi yoki darhol davolaşni boşlaşi mumkin. 

Quruq yötalni mustaqil davolaş haqida gap bölişi mumkin emas: bemor xavfli patologiyaning rivojlanişini ötkizib yuborişi yoki uning ötişini yomonlaştirişi mumkin.