Sport ta'lim muassasalari rahbarlari va xodimlarining ijtimoiy mavqei va nufuzini oşiriş rejalaştirilmoqda.

Bu haqda Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport sohasini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini 2020 yilda amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi” loyihasida aytiladi.

Qayd etilişiça, sport ta'lim muassasalari direktori, uning örinbosarlari, metodistlar, seleksiya böyiça trenerlarning bazaviy tarif stavkalarini quyidagi miqdorlarda oşiriş möljallanmoqda: 

oliy toifali trenerlar uçun – 1,25 baravarga;

birinçi toifali trenerlar uçun – 1,2 baravarga;

ikkinçi toifali trenerlar uçun – 1,15 baravarga;

mutaxassis trenerlar uçun – 1,1 baravarga;

direktor, uning örinbosarlari, metodistlar seleksiya böyiça trenerlar uçun 1,1 baravarga.

Ijro muddati - 2020 yil yanvardan, moliyalaştiriş manbalari - Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti. Mas'ul ijroçilar - Moliya vazirligi, Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.

Bundan taşqari, sportning jamoaviy öyin turlari böyiça tuman (şahar), viloyat, respublika va xalqaro sport musobaqalari ğoliblari, ularning trenerlari va jismoniy tarbiya öqituvçilarini rağbatlantiriş tizimini joriy etiş möljallanmoqda.

Bu borada normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi. Unda “Bolalar olimpiya öyinlari”ning jamoaviy öyin turlari böyiça:

respublika bosqiçi ğoliblariga (1 örin) oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlarida soha böyiça mutaxassislik fanlaridan maksimal ball oliş huquqini beruvçi va uç yil muddat davomida amal qiluvçi sertifikat taqdim qiliş;

ğoliblarni tayyorlagan jismoniy tarbiya fani öqituvçilarini mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan direktor jamğarmasi mablağlari hisobidan taqdirlaş;

ğolib va sovrindorlarini tayyorlagan jismoniy tarbiya fani öqituvçilari, sport ta'lim muassasalarining trenerlari attestatsiyaga jalb etilmasdan ularga töğridan-töğri malaka toifalari beriş nazarda tutiladi.