Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshiga “Kvartal-95” shousidan taklif tushdi
Ukrainaning “Kvartal-95” shousi mualliflari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, hozirda Moskvada yashovchi Umid Isaboyevga taklif bilan chiqishdi. Avtobo‘yoqchi bo‘lib ishlovchi Isaboyev Mash nashriga bergan intervyusida u bilan shou rahbarlaridan biri – Yevgeniy Koshevoy telefon orqali bog‘langanini ma'lum qilgan. Ushbu shouda o‘z vaqtida Zelenskiy boshlovchilik qilgan. Uning sobiq hamkasbi Isaboyevga birgalikda ko‘rsatuvlar olib borishni taklif qilgan.
“Menga videoqo‘ng‘iroq bo‘ldi. Qarasam, Ukraina raqami. Narigi tomonda esa, ko‘rinishicha, Yevgeniy Koshevoy edi. U menga “kel seni o‘zimizga olsak, bizga qo‘shil”, deb aytdi. “Kvartal-95”ga. Birga ishlaymiz, dedi. Koshevoy bilan ko‘rsatuvlar olib borish, odamlarga kulgu ulashish maqsadida”, deb ma'lum qildi Umid.
Isaboyevning ta'kidlashicha, uning jurnalistlarga bergan ilk intervyusidan keyin unga kinoda ishtirok etish takliflari bildirilmoqda. Jumladan, Umidga Rossiya serialida Ukraina prezidenti rolini o‘ynash taklif qilingan va ta'kidlanishicha, yaqin kunlarda bu borada shartnoma imzolanadi. Biroq “Kvartal-95”dan tushgan taklif hisobga olinsa, Zelenskiyning qiyofadoshi oldida murakkab tanlov turibdi. Umidning aytishicha, uning o‘zi “Kvartal-95”da ishlab ko‘rishni istaydi.
Mavzuga oid
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025
Dmitriyev: Zelenskiy urushni tugatish sari katta qadam qo‘ydi
13:35 / 24.10.2025