Toşkent şahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marğilon şaharlarida köp kvartirali uylarni boşqarişda “Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida”gi Qonun normalarini aprobatsiya qiliş yuzasidan huquqiy eksperiment ötkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining muhokama uçun e'lon qilingan qarori loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasining 2019 yil 7 noyabrda qabul qilingan “Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida”gi Qonuniga muvofiq 2020 yil 1 mayga qadar Toşkent şahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marğilon şaharlarida köp kvartirali uylarni boşqarişda uşbu Qonun normalarini aprobatsiya qiliş yuzasidan huquqiy eksperiment ötkaziladi.
Quyidagilar:
Toşkent şahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marğilon şaharlarida köp kvartirali uylarni boşqarişda Qonun normalarini aprobatsiya qiliş yuzasidan huquqiy eksperiment ötkaziş töğrisidagi vaqtinçalik nizom;
Toşkent şahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marğilon şaharlarida köp kvartirali uylarni boşqarişda Qonun normalarini aprobatsiya qiliş yuzasidan huquqiy eksperiment ötkaziş böyiça işçi guruh tarkibi tasdiqlanadi.
Işçi guruh zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Qonun normalarini amalga oşirişga qaratilgan amaliy çoralar körilişini taşkil qiliş;
köp kvartirali uylar va ularga tutaş bölgan yer uçastkalarini texnikaviy va sanitariya jihatdan yaxşi holatda saqlaş, kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş va undan foydalaniş masalalarida köp kvartirali uylarni boşqariş organlarining davlat organlari bilan özaro hamkorligini ta'minlaş;
qöllanilayotgan huquqiy mexanizmlarning joriy holatini tahlil qiliş;
köp kvartirali uylarni mukammal va joriy ta'mirlaş, şuningdek avariya tiklaş işlarini ötkaziş masalalari böyiça köp kvartirali uylarni boşqariş organlarining xizmat körsatiş, avariya-ta'mirlaş va xizmat körsatiş korxonalari bilan özaro munosabatlarini takomillaştiriş;
köp kvartirali uylarni boşqariş organlarining moddiy-texnika resurslari va sifatli uy-joy kommunal xizmatlariga bölgan talab va ehtiyojlarini qondiradigan tölaqonli bozor infratuzilmasini taşkil qilişga kömaklaşiş;
köp kvartirali uylarni boşqariş organlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişda amaliy yordam körsatiş;








