«Soliq kodeksining 164-moddasiga asosan, korxonalar har çorakning birinçi oyi 10-sanasigaça uşbu çorakda kutilayotgan foydasi va tölaydigan foyda soliği töğrisidagi ma'lumotnomani röyxatdan ötgan davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etişlari kerak.
Uşbu ma'lumotnomaga asosan soliq bazasi miqdori 44,7 mln.sömdan yuqori bölgan xöjalik sub'yektlari, tölaydigan soliq summasining 1/3 qismini har oyning 10 – sanasigaça avans tariqasida amalga oşiriş majburiyatiga ega. Bunday majburiyat bugungi kunda Respublika böyiça 9241 tölovçilarda mavjud.
Bu soliq tölovçilarning 8671tasi yoki 94 foizi majburiyatlarini qonunda belgilangan tarzda öz muddatida bajarib kelmoqda. Şu bilan birga, 6 foiz yoki 570ta soliq tölovçilar 2019 yil yilning IV çoragi uçun foyda soliği joriy tölov ma'lumotnomasida soliq summasini ötgan çoraklarga nisbatan kamaytirib körsatgan yoki umuman körsatmagan.
Bu öz navbatida, işlab çiqariş umuman töxtatildi yoki tovarlar realizatsiya qilinmayapti degani. Aslida, tahlillarga köra, bunday holatlar öz tasdiğini topmayapti, korxonalar esa öz faoliyatini davom ettirmoqda.
Masalan, Andijon viloyatidagi «Vodiy gavhari» korxonasi (nomi özgartirilgan) joriy yilning II çoragida 170,2 mln.söm foyda soliği tölagan bölsa, III çorak joriy tölovlari (avans) uçun 12,0 mln.söm tölaşi töğrisida ma'lumotnoma bergan yoki II çorakka nisbatan örtaça 158 mln.sömga (170-12) kam körsatgan. Natijada, III çorak uçun kamaytirib körsatilgan joriy tölov summasining 1/3 qismiga iyul, avgust va sentabr oylari uçun 5,5 mln.söm penya hisoblandi.
Toşkent şahridagi «Yuksak quriliş» korxonasi (nomi özgartirilgan) joriy yilning II çoragida 215 mln söm foyda soliği tölagan bölsa, III çorak joriy tölovlari (avans) uçun bergan ma'lumotnomasida tölanadigan soliq summasini nol körsatgan. Natijada, III çorak uçun joriy tölov amalga oşirilmaganligi hisobiga korxonaga nisbatan keçiktirilgan kunlar uçun 7,3 mln.söm penya hisoblandi.
Şu kabi korxonalarga soliq organlari murojaat qilsa, «men folbinmanmi», «nega kelgusida oladigan foydam uçun soliq tölaşim kerak» degan asossiz e'tirozlarni ham bildirayotgan holatlar mavjud.
Hurmatli soliq tölovçilar, ortiqça harajatlarni oldini olişingiz uçun IV çorak foyda soliği joriy tölov ma'lumotnomasini aniqlaştirgan holda qayta körib çiqişingiz maqsadga muvofiq böladi.
Şu bilan birga, ayrim soliq organlari tomonidan budjetga muddati kelmagan soliq tölovlari asossiz talab qilinayotgan bölsa, bunday talabni bajarmasligingizni va bu töğrisida Davlat soliq qömitasining Işonç telefoniga (71–244-98-98) zudlik bilan murojaat qilişingizni söraymiz», - deyiladi DSQ matbuot xizmati xabarida.








