Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev hamda «Özbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov xonanda Lola Yöldoşevaning internetda keng muhokamalarga sabab bölgan «Sevgingni menga ayt – 2» qöşiği klipiga munosabat bildirdi.

 «Lolaning mazkur klipini har xil talqin qiliş mumkin. Vazir körmas ekan, deb öylamanglar. Kuzatib boramiz va muhokama qilamiz. Klipni yaxşi ham, yomon ham deyiş mumkin. Şaxsiy fikrim - klip menga yoqmadi», deya Madaniyat vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

 Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida taşkil etilgan oçiq muloqot davomida «Özbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov ham uşbu klip borasida öz munosabatini bildirdi.

 «Lola bu klipni Özbekiston fuqarosi sifatida olib çiqardi, desak böladi. Qonuniy jihatdan qaraydigan bölsak, Lolaning litsenziya muddati 2018 yil 29 avgustda tugagan. U şundan keyin litsenziya olib, faoliyat yuritmayapti.

 Xonanda klipdagi voqealar bundan 5 yil avvalgi holat ekanligini özining instagram sahifasida e'lon qildi. Alohida ta'kidlaş kerakki, muassasamiz tomonidan kliplar bu tarzda qabul qilinmaydi va hozirda bunday kengaş faoliyati yölga qöyilmagan. Töğri, ikki yil oldin kliplarni baholaydigan kengaş mavjud edi. Ayni paytda esa yöq.

 Lola çiqargan klip televideniyedagi badiiy kengaş faoliyatiga qaratilgan, deb öylaymiz. Çunki bizda kliplar kengaşi faoliyat yuritmayapti. Şuningdek, taşkilotimiz kliplar uçun heç qaçon litsenziya bermagan va bermaydi ham», deydi Odiljon Abduqahhorov.