Ma'lumotlarga köra, guruhga 250 dan köproq kişi, jumladan Doğiston içki işlar vazirligining 2007-2015 yillardagi amaldagi xodimlari, respublikaning advokatlik palatasi advokatlari va yaşirin terrorçilik guruhlari a'zolari kirgan.   

FXXning ma'lum qilişiça, töda a'zolari 2007-2015 yillarda Doğiston va Moskvada bir qator biznesmenlar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining öldirilişiga, odamlar öğirlanişiga, tovlamaçilik, öğrilik va bosqinçiliklarga aloqador bölgan.   

Şuningdek, guruh a'zolari 1998 yilda Mahaçqal'ada terakt sodir etişgan. Bu terakt oqibatida bir neça önlab odam halok bölgan, yuzdan köproq odam jarohatlangan. 

FXXda ta'kidlanişiça, uşbu jinoyatlarning asosiy taşkilotçilari va ijroçilari qölga olinganlar.