Lozanna politexnika maktabining (Şveytsariya) tunislik talabasi Vasim Dovudiy 100 yil davomida tuşuntirib berila olinmagan fizik hodisaning sababini aniqlay oldi.
Dovudiy vertikal holatda turgan, içida suyuqlik bölgan quvurda havo pufagi gazli suv butilkasi qopqoği oçilgandagi kabi yuqoriga kötarilmay, joyida turişining sababini aniqladi.
Aniqlanişiça, havo pufagi avval taxmin qilingandek quvurga yopişib turmay, balki juda sekin harakatlanadi. Bu harakatni oddiy köz bilan ilğab bölmaydi. Bundan taşqari, talaba pufak va suyuqlik orasida juda yupqa qatlam borligini aniqlagan. Aynan şu qatlamning körsatkiçlari havoning yuqoriga kötariliş-kötarilmasligiga ta'sir qiladi.

Uşbu yupqa qatlam ölçami millimetrning milliondan bir uluşini taşkil qiladi. Talaba buni aniqlaş uçun quvurdagi pufakka nur yönaltirgan va quvurning içki sirtidan qaytgan yoruğlik bilan pufak sirtidan qaytgan yoruğlik örtasidagi interferensiyani tahlil qilib, pufak va quvur orasidagi suyuqlik qatlamini aniq ölçay olgan.
Ta'kidlanişiça, uşbu ilmiy iş natijalari kelgusida suyuqliklarning nanodiapazonda harakatlanişida hosil böluvçi hodisalarni örganişda asqotişi mumkin.








