«Özbekiston temir yöllari» tasarrufidagi «Toşkent metropoliteni» unitar korxonasining Yunusobod yönalişida olib borilayotgan yangi yer osti quriliş liniyalarining ikkinçi tunnelida burğilaş işlari yakuniga yetkazildi.

Hozirgi kunda Yunusobod liniyasining öng tunnelida burğilaş işlari tugatilib, mavjud bölgan «Şahriston» bekati bilan ulaş işlari boşlab yuborildi.

Muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini sozlaş, mavjud bölgan «Şahriston» hamda qurilayotgan «Turkiston» va «Yunusobod» bekatlarini birlaştiriş, şuningdek, temir izlarini yotqiziş işlari davom ettirilmoqda. 

Qayd etilişiça, bugungi kunga kelib, uşbu quriliş loyihasi doirasida amalga oşirilgan umumiy iş hajmining 90 foizdan ortiği bajarildi. Quriliş belgilangan jadvalga muvofiq amalga oşirib kelinmoqda va joriy yil oxiriga qadar «Turkiston» bekatiga sinov tariqasida poyezdlar qatnovi yölga qöyilişi rejalaştirilgan. 2020 yilda esa yölovçilar uçun poyezdlar harakatini yölga qöyilişi kutilmoqda.