2019 yilning 4 dekabr kuni London şahrida Özbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elçisi Said Rustamov qiroliça Yelizaveta IIga işonç yorliqlarini topşirdi.
TIV xabariga köra, Bukingem saroyidagi rasmiy marosimdan keyin bölib ötgan suhbat çoğida XV asr boşlarida Angliya qiroli Genrix IV ning Amir Temur bilan diplomatik yozişmalari davriga taalluqli ikki mamlakat xalqlari örtasidagi tarixiy aloqalar, şuningdek, sönggi vaqtda ikki tomonlama aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy dinamika qayd etildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda olib borilayotgan islohotlar mavzusi alohida muhokama qilindi. Mamlakatni modernizatsiya qiliş jarayonlarida Buyuk Britaniyaning ilğor tajribasi, ayniqsa ta'lim, parlamentarizm, qonun ustuvorligi va bank-moliya sohalaridagi yutuqlaridan foydalaniş böyiça Özbekiston sa'y-harakati ta'kidlandi. Özbekiston va Buyuk Britaniya örtasida yaqinda imzolangan Şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim qayd etildi, bu esa Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tuzilgan ilk ikki tomonlama hujjati böldi.
Buyuk Britaniya qiroliçasi Özbekistonning madaniy va tarixiy merosi, avvalo Samarqandning qadimiy arxitekturasi haqida xabardorligini namoyiş etdi.
Buyuk Britaniya rahbari ta'lim sohasini ustuvor rivojlantiriş, jumladan, boşlanğiç sinflardan ingliz tilini örgatişni joriy etiş borasidagi Özbekiston hukumatining sa'y-harakatlarini yuqori baholadi va özaro manfaatli barça sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş zarurligini qöllab-quvvatladi, deyiladi xabarda.








