Şimoliy Irlandiyada qiroliça Yelizaveta II hamda uning turmuş örtoği Filippga atab haykallar örnatilgan haykallar oçildi. Bronzadan yasalgan haykallar Ento Brennan tomonidan yasalgan va Antrim qal’asidagi boğ hududiga örnatilgan.
Kompozitsiyada qiroliça turmuş örtoği va özining sevimli korgilari bilan tasvirlangan. Haykaltaroşning ta’kidlaşiça, bu orqali monarx va uning tarixga qöşgan hissasini abadiylaştiriş maqsad qilingan.
«Haykal qiroliçaning qadr-qimmatini, uning nafosati, matonatini va mamlakatga uzoq yillik sadoqatini aks ettiradi», — deyiladi Antrim şahar kengaşi xabarida.

Ammo internet foydalanuvçilarining haykal borasidagi fikri ikkiga bölinmoqda. Ayrim foydalanuvçilar qiroliçaning taşqi körinişi yaxşi ifodalanmagani va iliqlik yöqligi sabab haykalni muvaffaqiyatsiz deb topdi. «Haykal qiroliçadan köra köproq kosmik personajni yodga soladi», — deydi internet foydalanuvçilaridan biri. Boşqalar esa haykal monarxga nisbatan haqorat razmi ekani va uni zudlik bilan olib taşlaş kerakligini aytmoqda.
Şunga qaramay, internet tarmoğida haykalni himoya qilayotganlar ham bor. Ularning ta’kidlaşiça, kompozitsiyani yaratişga köp vaqt va kuç sarflangan, haykaltaroşni tanqid qiliş — adolatdan emas.
Ta’kidlanişiça, bu qirollik oilasiga bağişlab yaratilgan san’at asarining birinçi marotaba tanqidga uçraşi emas. Iyun oxirida tarmoqda Megan Markl va şahzoda Garrining yangi portretlari paydo bölgandi. Megan Markl portreti «Oq qiroliçaning qaytişi» nomini olgan. Unda ayol qirol Eduard IV ning rafiqasi Elizabet Grey obrazida tasvirlangan.
Buyuk Britaniya hududida Yelizaveta II ga atab örnatilgan ilk haykal aprel oyida Okem şahridagi kutubxonada oçilgandi. Bronza haykal okrug aholisi tomonidan ehson qilingan 124 ming dollar evaziga yasalgan edi.
Qiroliça Yelizaveta II 2022 yilning 8 sentabrida 96 yoşida vafot etgandi. Uning ölimidan keyin tönğiç öğli Çarlz III taxtga ötirdi va yangi monarxga toj kiydiriş marosimi 2023 yil 6 may kuni bölib ötdi.













