Ötgan yili Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III va uning rafiqasi Kamillaning toj kiyiş marosimi britaniyalik soliq tölovçilarga 72 million funt sterling(90,2 million dollar)ga tuşgani ma’lum böldi. Bu haqda hukumat hisobotiga tayanib, BBC xabar qildi.

Marosimni muvofiqlaştirişga mas’ul bölgan Madaniyat, ommaviy axborot vositalari va sport işlari vazirligi 50 million dollardan köproq sarflagan. Qöşimça xavfsizlik çoralari va jamoat tartibini saqlaş xarajatlari esa qariyb 22 million funt sterlingni taşkil etgan.

Madaniyat vazirligi öz yillik hisobotida Çarlz III ning toj kiyiş marosimini “avlodda bir marta” böladigan voqea sifatida ta’riflaydi. Şu bilan birga, marosim “soddalaştirilgan” tartibda ötkazilgani aytilmoqda. Bunga misol qilib, mehmonlar soni keltiriladi: ular 1953 yilda ötkazilgan Yelizaveta II ning toj kiyiş marosimidagi mehmonlarga qaraganda ança kam edi.

Monarxiyaga qarşi Republic faollar harakati vakili Grem Smit toj kiyiş marosimini soliq tölovçilarning pulini “uyatsizlarça” sarflaş deb atadi. U marosim, aslida, ança qimmatga tuşganini ta’kidladi. Norasmiy ma’lumotlarga köra, Çarlz III ning toj kiyiş marosimiga 100 million funt sterlingdan 250 million funt sterlinggaça pul ketgan.

Yelizaveta II ning dafn marosimi va u bilan boğliq tadbirlarga jami 204 million funt sterling sarflangan.

Qiroliça Yelizaveta II 2022 yil 8 sentabrda 96 yoşida vafot etdi. Şundan söng taxtga uning tönğiç öğli şahzoda Çarlz ötirdi. Unga 2023 yil 6 may kuni Vestminster abbatligida toj kiydirildi.