Bugun, 6 dekabr kuni Scopus statistikasi böyiça samarali faoliyat körsatayotgan özbekistonlik yetakçi olimlar Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va Elesvier kompaniyasi tomonidan «Scopus award - 2019» mukofoti bilan taqdirlandi.

Ta'kidlaş joizki, Scopus dunyoning eng yirik ilmiy-tahliliy ma'lumotlar bazasi sanaladi, Elsevier esa Niderlandiyada joylaşgan yiliga 500 mingga yaqin turli ilmiy materiallar e'lon qiladigan yetakçi ilmiy taşkilot. Aynan mana şu taşkilot tomonidan asos solingan «Scopus award» jahonning nufuzli mukofoti hisoblanadi.

Mukofot olimlarning sermahsul ijodiy faoliyatlarini rağbatlantiriş, ziyolilar mavqeini kötariş hamda yoşlar örtasida ilmiy faoliyat bilan professional şuğullanişni ommalaştirişga yönaltirilgan.

Özbekistonlik olimlarga ham taqdim etilgan mazkur mukofotning topşiriş marosimida QS (Quacquarelli Symonds), THE (Times Higher Education) xalqaro agentliklari va Elsevier kompaniyasi vakillari, xorijlik ekspertlar, vazirlar, OTM rektorlari iştirok etişdi.

Taqdirlaş marosimida sözga çiqqan boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov Özbekistonda ilm-fan rivojiga, oliy ta'lim sifatini oşirişga berilayotgan e'tibor haqida alohida töxtalib ötdi.

«Ilmiy izlanişlar oliy ta'lim sifatini körsatuvçi asosiy körsatkiçlardan biri hisoblanadi. Statistikaga nazar taşlaydigan bölsak, sönggi 5 yil içida Scopus bazasidagi xalqaro jurnallarda özbek olimlarining 3 ming 582ta ilmiy maqolasi çop etilgan», deya ma'lumot berdi Aziz Abduhakimov öz nutqida.

Uning ta'kidlaşiça, QS, THE xalqaro agentliklari bilan milliy oliy ta'lim muassasalarini jahon reytingiga kiritiş uçun hamkorlik işlari olib borilmoqda. Mazkur kompaniyalar bilan hamkorlikda universitetlar uçun individual rejalar işlab çiqilgan.

«Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda birinçi özbek milliy platformasi Uzbekistan research online platformasi yaratildi. Va mana şu platforma orqali ayni paytda 60ta özbek ilmiy jurnali Scopus talablariga javob beradi», deya ta'kidladi Aziz Abduhakimov.

Asosiy qismda turli yönalişlar böyiça mukofotlar aynan şu yönaliş böyiça tegişli taşkilot va vazirliklar rahbarlari va Elsevier xalqaro taşkiloti rahbarlari tomonidan taqdim etildi.