AQŞning Federal qidiruvlar byurosi «aqlli televizorlar» - Smart TV egalarini uşbu qurilmalarga buzib kiriş osonligi va xakerlar ular yordamida odamlar ortidan kuzatişlari mumkinligidan ogohlantirdi. Bundan taşqari, şaxsiy ma'lumotlar yirik kompaniyalarga yuboriladi, kompaniyalar esa ulardan foydalanadi. Bu haqda NBC News telekanali syujyetida ma'lum qilingan.

Jinoyatçilar televizoringizga ulanib, eng kamida kanallarni özgartirişlari, televizor ovozini baland-past qilişlari va farzandlaringizga behayo videolar namoyiş qilişlari mumkin. Eng yomon vaziyatda esa ular televizor kamerasi va mikrofoniga ulanib, ortingizdan kuzatişlari mumkin.

«Aqlli televizorlar» odatda boşqariş pultiga örnatilgan mikrofon bilan jihozlangan böladi. Bu mikrofon televizorni ovoz yordamida boşqarişga imkon beradi. Mutaxassislar mikrofon har doim işçi holatda bölişi va buyruqlarni bajarişga şay turişidan ogohlantirişgan.

«Köplab foydalanuvçilar uşbu yangi qurilmalar orqali begonalarga özlari haqida qança ma'lumot taqdim qilişlarini xayollariga ham keltirmaydilar», deb aytgan Sophos xavfsizlik kompaniyasi vakili Jyeyms Laym. 

2018 yilda ötkazilgan tadqiqotga köra, millionlab «aqlli televizorlar» xavfsizlik tizimida zaif joyga ega ekanligini aniqlangan. Ta'kidlanişiça, ma'lumotlaringiz ortidan nafaqat xakerlar “ov qiladi”. Yaqinda ötkazilgan tadqiqot davomida köplab qurilmalar avtomatik ravişda Amazon, Facebook va Netflix’ga ma'lumotlar jönatişi aniqlangan.

Mutaxassislarning tavsiya qilişiça, agar bu holat sizga yoqmasa, televizor sozlanmalarini tekşirib köring. Ba'zi modellarda foydalanuvçi haqidagi ma'lumotlarni töplaş va mikrofon funksiyalarini öçirib qöyiş imkoni mavjud. FQB xodimlari, şuningdek, şaxsiy ma'lumotlarni himoyalaş uçun televizor kamerasi ustidan qora skotç yopiştirib qöyişni tavsiya qilişgan.