Jumladan, «Science Direct Top Published University» («Eng köp naşr qilgan universitet») nominatsiyasi böyiça Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, «Research Output of the Year»
(«Yil kaşfiyoti») yönalişi böyiça esa Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti taqdirlandi.


Şuningdek, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti «Growth of the Year» («Yilning eng sermahsul OTM»), Toşkent tekstil va yengil sanoat instituti «Library of the Year» («Yil kutubxonasi») nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Toşkent Turin politexnika universitetiga esa «Impact of the Year» yönalişi böyiça mukofot topşirildi.
Taqdirlaş marosimida sözga çiqqan boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning ta'kidlaşiça, bundan 2 yil oldin mamlakatda ilmiy yönalişda faol harakatlar boşlanganda heç kim bu qadar tez amaliy natija qayd etilişini kutmagan edi. Ayni paytda esa birinçi katta yutuq sifatida Toşkent Irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti xalqaro QS reytingiga kiritildi.

Boş vazir örinbosari bu xalqaro tadbir ham Özbekiston OTMlarining ilmiy salohiyati ösişiga katta turtki bölişi kerakligini alohida ta'kidladi.








