Navoiy viloyat IIB boşliği, polkovnik R.Tursunovning Nurota tumanidagi Xayrobod qişloği aholisi bilan sayyor qabulida ham şular haqida gap borgan. Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasi, ular murojaatlarida aks etgan muammolarni hal etişga qaratilgan amaliy işlarga yuzasidan çiqiş qilgan 3-sektor rahbariga fuqarolar özlarini qiynab kelayotgan muammolarni bayon qilişgan. Muammolar asosan içki yöllarni ta'mirlaş, içimlik suvi, elektr energiyasi ta'minoti bilan boğliq bölgan.

Sektor rahbari va işçi guruhi a'zolari aytilgan masalalarning ayrimlari böyiça tegişli vazifalar belgilab olgan bölsa, aksariyati joyida bartaraf etilgan.

Ana şunday sayyor qabullardan biri viloyat markazi Navoiy şahridan qariyb 350 kilometr olisda joylaşgan Uçquduq tumanining «Yölçilar» ovul fuqarolar yiğinida bölib ötgan.

Işçi guruh a'zolari hududdagi maktabgaça ta'lim taşkilotlarida bölib, ularning qişki mavsumga şayligi, bolalarga yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining yozişiça, bu kabi sayyor qabullar ijtimoiy muammolarni bartaraf etiş barobarida, içki işlar idoralari xodimlarining xalq bilan birdamligini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.