Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi tomonidan qimmatli qoğozlar muomalasi maxsus tartibi belgilandi.
Norma’ning yozişiça, bundan buyon qimmatli qoğozlar muomalasiga faqat ularni joylaştiriş tugaganidan keyin yöl qöyiladi. Uşbu talab quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
• davlat qimmatli qoğozlariga – Özbekistonning ğaznaçilik majburiyatlari va Hukumat tomonidan vakolat berilgan organ çiqargan obligatsiyalarga, şuningdek Markaziy bank obligatsiyalariga (ularni joylaştiriş va muomalaga çiqarişning öz tartibi mavjud);
• 5 dekabrgaça, ya'ni buyruq çiqquniga qadar muomalaga çiqarilgan qimmatli qoğozlarga.
Eslatib ötamiz, qimmatli qoğozlarning muomalasi – qimmatli qoğozlarni sotib oliş va sotiş, şuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qoğozlarning egasi almaşuviga olib keladigan boşqa harakatlar, joylaştiriş esa – qimmatli qoğozlarni ularning dastlabki egalariga beriş. Qimmatli qoğozlarni joylaştiriş tartib-taomillari «Qimmatli qoğozlar bozori töğrisida»gi Qonunning 17-moddasi, Konvertatsiya qilinadigan qimmatli qoğozlarni joylaştiriş va muomalasi tartibi töğrisidagi nizom, Qimmatli qoğozlarni joylaştiriş va muomalaga kiritiş kvotalari tartibi töğrisida nizom va boşqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Savdolar taşkilotçilari ikki haftalik muddatda öz hujjatlarini yangi tartibga muvofiqlaştirişi lozim.












