10 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida bölib ötgan Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida MSK raisi Mirzo Uluğbek Abdusalomov joylarda saylovoldi taşviqoti köngildagidek olib borilmayotgani, fuqarolar deputatlikka nomzodlarni körmayotganidan şikoyat qilayotgani haqida gapirdi.
«Ayniqsa, qişloq joylardan köp murojaatlar bölyapti. Keçaning özida menga öndan ortiq xat kelib tuşdi. Fuqarolarimiz «Saylovda qatnaşadigan nomzodlarni körmayapmiz, kim özi nomzod?» deyişyapti. «Bittasining vakili kelib ikki oğiz gapirdi-ketdi, lekin nomzodning özini körmadik, kimligini bilmadik, tanimayapmiz», deyapti yana bittasi. «Vakillar-ku kelişayapti, lekin nomzodning özi ham kelsin», degan takliflar ham bölyapti. Partiyalardan iltimos qilardikki, saylovoldi tadbirlarni yanayam kuçaytirişsin. Yaxşi iş bölyapti, oldingi saylov bilan umuman soliştirib bölmaydigan darajada ijobiy işlar qilinyapti. Lekin hali yana-yana işlaydigan joylarimiz borga öxşaydi», deya MSK raisi Mirzo Uluğbek Abdusalomovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
MSK raisi komissiya kotibiga aholidan kelgan xatlarni siyosiy partiyalarga yuborişni tayinladi.
Majlisda saylovga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi. Komissiya raisi ayrim hududlardig saylov uçastkalarida mas'ullar oddiy narsalarda ham xatolarga yöl qöyayayotganiga e'tiroz bildirdi.
«Ertadan boşlab hamma işçi guruhlarimiz saylovga tayyorgarlik masalasida viloyatlarga çiqib ketişadi. Ba'zi masalalarda hali oqsoqlik bor, quyi tizimlarda elementar narsalarni xatolikka yöl qöyişyapti. Saylov uçastkalarimizni şakllantiriş, hujjatlarni rasmiylaştiriş va boşqa masalalarda kamçiliklar bor. şuni oxiriga yetkazişimiz kerak», deydi Mirzo Uluğbek Abdusalomov.
Majlisda Toşkent köçalarida saylov haqidagi bannerlar juda kam körinayotgani, ayniqsa, partiyalar va nomzodlar haqidagi bannerlar umuman közga taşlanmayotgani, şuningdek, MSK majlisiga siyosiy partiyalarning vakillari taklif etilgani, ammo birorta partiyadan vakil kelmagani tanqid qilindi. Mirzo Uluğbek Abdusalomov Markaziy saylov komissiyasi a'zolariga poytaxt köçalaridagi saylovoldi taşviqotiga bağişlangan banner va plakatlar statistikasini örganiş va uning natijalari böyiça Toşkent şahar hokimligi, boşqa mutasaddi taşkilotlarga taqdimnoma kiritiş haqida topşiriq berdi.








