Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Uluğbek Abdusalomov joylarda saylov komissiyalari a'zolariga tarqatiladigan pul haligaça egalariga yetib bormagani kuzatilayotgani haqida gapirib, bu pullarga köz olaytirayotganlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilişini ta'kidladi.
«Saylov uçastkalarida işlayotganlarga iş haqini tarqatiş böyiça joylarda muammolar kuzatilyapti. Bizga berilgan ma'lumotlarga köra, saylov komissiyalari işiga jalb qilingan xodimlarga ajratilgan pullar yuz foiz tarqatilgan. Lekin, afsuski, uşbu pullar ayrim uçastkalarga yetib bormagan körinadi. Bu haqda Call-markazimizga murojaatlar bölyapti, ijtimoiy tarmoqlarda yozilyapti. Bugun – saylov komissiyalari a'zolariga transport va boşqa xarajatlarni qoplaş uçun kompensatsiya tölovlari töliq yetkazib beriş uçun oxirgi kun.
Yana bir gap. Ba'zi joylarda saylov komissiyalari a'zolariga tarqatiladigan pulga ham köz olaytirayotganlar çiqyapti. Bu – umuman çidab bölmaydigan hol. Qayerda şunday holat aniqlansa, bilib qöyinglar, jinoyat işi qözğattiramiz, töplangan ma'lumotlarni prokuraturaga beramiz, işni oxirigaça yetkazamiz», deya MSK raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
MSK raisi örinbosari Mahmud Istamovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, 2019 yilning 9 dekabridan boşlab okrug va uçastka saylov komissiyalari raislariga 500 ming sömdan, komissiyaning boşqa a'zolariga 250 ming sömdan kompensatsiya tölanişi belgilangan. Bu soliq çegirilgandan keyin qölga tegadigan miqdor. Joriy yildagi saylov kampaniyasi uçun davlat budjetidan 230 milliard söm ajratilgan bölsa, şundan 70 milliard 600 million sömi, ya'ni 30,6 foizi saylov komissiyalari işiga jalb qilingan komissiya a'zolariga qöşimça kompensatsiya tölovlari uçun sarflanadi. Komissiya a'zolari mehnatiga haq tölanişi uçun viloyat, tuman şahar saylov komissiyalari raislari javobgardir.
Eslatib ötamiz, okrug va uçastka komissiya a'zolari 2019 yil 12 noyabrdan boşlab doimiy ravişda faoliyat olib bormoqda.








