Muxolifat partiyalarsiz jamiyatda plyuralizmni ta'minlab bölmaydi, deb fikr bildirdi Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Uluğbek Abdusalomov.
Abdusalomov parlament saylovlarini kuzatiş uçun Toşkentga kelgan xalqaro kuzatuvçining Özbekistonda 5ta partiyadan boşqa partiyalar röyxatdan ötmaganining sababi töğrisidagi savoliga quyidagiça javob berdi.
«Oppozitsiyasiz jamiyatda fikrlar xilma-xilligini ta'minlaşning iloji yöq. Qonunçilikda yangi partiyalarni taşkil etiş böyiça heç qanday çeklovlar yöq», – degan MSK raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uçun, Özbekistondagi bugungi saylovlarni önta xalqaro taşkilotdan, dunyoning 50dan ortiq davlatidan kelgan 825 nafar xalqaro kuzatuvçi bevosita kuzatib bormoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev muxolifat tabiiy ravişda, jamiyatning palagidan asta-sekin ösib kelişi kerak, deya fikr bildirgan edi.












